25.09.2024 | 09:53
440
Uilyam Folkner tavallud topgan kun
Adabiyot yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindori (1949) Uilyam Folknerning “Askar mukofoti” (1926) va “Chivinlar” (1927) romani chop etilgan, biroq, bu asarlar muvaffaqiyat qozonmagan. Folkner umidsizlanmay, “Sartoris” (1929) romanini yozgan. Asar voqealari Amerika janubida joylashgan xayoliy Yoknapatora shahrida kechadi. Ushbu roman tanqidchilar eʼtiborini tortgan boʻlishiga qaramay, Folkner “Shovqin va gʻazab” (1929) romanidan keyingina tan olingan.

Davrimizning fojiasi shundaki, biz, hammamiz yoppasiga hayvoniy qoʻrquv bilan yashab kelyapmiz. Bu — uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotganidan qoʻrquvga oʻrganib ham qoldik. Inson ruhiyatiga tegishli hamma masalalardan faqat bittasi qoldi: qachon bizni qirib tashlasharkin? Shuning uchun ham hozirgi yosh qalamkashlar haqiqiy adabiy asarni bunyod eta oladigan, yozishga, mehnat qilish va azob chekishga arziydigan mavzu — odam oʻzi bilan oʻzi kurashishi muammosini unutib qoʻydilar.
“Oʻlim toʻshagida” (1930) romani 59 ta ichki monologdan iborat. “Avgust yogʻdusi” (1932) romanida irqchilik va puritanlik prinsiplarining salbiy oqibatlari ochib tashlangan. “Avessalom, Avessalom” (1936) romanida AQSH janubidagi plantatorlarning “yangi dinastiya”sini yaratish uchun boʻlgan harakatlarning oqibatsizligi koʻrsatilgan.
Yaxshi romannavis boʻlishning formulasi bor. Toʻqson toʻqqiz foiz isteʼdod + toʻqson toʻqqiz foiz intizom + toʻqson toʻqqiz foiz mehnat = YOZUVCHI! U hech qachon qilayotgan ishidan koʻngli toʻlmasligi kerak. Natija kutilganidan yaxshiroq boʻlishi uchun tinimsiz mehnat qilish shart.
Adib 1962-yil soʻnggi romani — “Olib qocharlar”ni yoza boshlagan. Ammo asar tugallanmagan.
Yozuvchi uchun eng yaxshi muhit — adabiyot. U joy va makon tanlamaydi. Bizni oʻrab turgan olamning oʻzi adabiyot emasmi? Ijodga tashna yozuvchi har qanday joyda ham yoza oladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
107
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139



