Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.04.2025 | 10:45

img1153

JADIDLAR DAVRIDA KUTUBXONALAR

         Jadid ma’rifatparvarlari xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yо‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy bilimlarni egallashda deb bilganliklari uchun milliy uyg‘onish, milliy taraqqiyot g‘oyasini rо‘yobga chiqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar.

          Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkiston shahar va qishloqlarida masjidlar, oliy, о‘rta va quyi madrasalarning kutubxonalari musulmon jamoalari ommaviy foydalanishi uchun mо‘ljallangan kutubxonalar, xonaqohlar qoshidagi kutubxonalar faoliyat kо‘rsatishda davom etdi. Ularning aksariyati xayr-ehsonlar xisobiga kun kо‘rardi. XIX asrning 80-90 yillarida masjidlar, madrasalar qatorida xonaqohlar qoshidagi kutubxonalar ham iqtisodiy inqirozga uchradi.

         Bunga mustamlachi ma’murlarning vaqf yerlari va boshqa mol-mulkning katta qismini Markaziy Rossiyadan kо‘chirib keltirilgan axoliga berish bо‘yicha qо‘llagan chora-tadbirlari sabab bо‘ldi. Masjidlar, madrasalar, xonaqohlarni qо‘llab quvvatlovchi moliyaviy ajratmalarning keskin qisqarishi natijasida XI-XIII asrlarda vujudga kelgan о‘rta asrlar kutubxonachilik ishi tizimiga putur yetdi. Kutubxonachilik ishini davlat tomonidan tartibga solish va rahbarlik qilish tizimi mavjud bо‘lmaganligi uchun omma madaniyat va ma’rifatdan yanada uzoqlashtirildi.

         1870-yilda Toshkentda tashkil etilgan Turkiston ommaviy kutubxonasi faqat amaldorlar, xarbiylar va savdagorlargagina xizmat kо‘rsatar edi. Shuning uchun ham Turkistonda ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tamonlarini yangilash harakati aynan ta’lim, madaniy, mafkuraviy, siyosiy bilimlar berish bilan bog‘liq bо‘lgan dolzarb vazifalarni hal qilishdan boshlashni talab qilar edi. Jadid namoyondalari о‘z xonadonlarida maktablar ochish, о‘quvchilar uchun darsliklar, о‘quv qо‘llanmalar yozish, teatr truppalari, turli jamiyatlar, gazeta va jurnallar, kutubxonalar tashkil etish orqali kо‘p yillik orzular amalga oshishining tamal toshini qо‘ydilar.

         Ular keng xalq ommasiga, ayniqsa yoshlarga bilim tarkatish maqsadida dastlabki ommaviy kutubxonalarni tashkil etish haqida ham qayg‘ura boshladilar. 1908-yilda Namangan uezdining Tо‘raqо‘rg‘on qishlog‘ida Isxoqxon tо‘ra Junaydullayev (Ibrat) tomonidan “Matbaai – Isxoqiya” nomli ilk nashriyot 1910-yilda Namanganga kо‘chirilib, uning qoshida “Kutubxonai- isxoqiya”  nomli kutubxona tashkil etildi. Kutubxonada о‘zbek, fors-tojik, rus, tatar va turk tillaridagi adabiyotlar, darsliklar va kо‘llanmalar, ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq adabiyotlar, о‘sha yillarda nashr etilgan rus va musulmon matbuoti namunalari mavjud edi. Ibrat ushbu kutubxonaga mudir tayinlab, kitoblarni va ulardan foydalanganlarni tartib bilan yozib borishni yо‘lga qо‘ydirgan.

Xuddi shu davrlarda Buxoroda yosh buxoroliklar tomonidan “Ma’rifat” kutubxonasi tashkil etilgan. Uning fondida mamlakat va xorijda chop etilgan yangi adabiyotlar, gazeta va jurnallar, jumladan, Istanbulda chop etilgan “Hikmat”, “Sirotil Mustaqim”, “Ta’rifi muslimin” jurnallari, Rossiyada chop etilgan “Tarjimon”, “Irshod”, “Vaqt” gazetalari va “Shо‘ro” jurnali, Turkistonda chop etilgan jadid matbuoti namunalari mavjud edi.

Noshirlik faoliyati, kitob savdosi va kutubxonachilik ishi bilan shug‘ullanuvchi birinchi kitob uyi-“Ma’rifat” shirkati jadidchilik harakatining ashaddiy tarafdorlaridan biri noshir R.Rasulzoda tashabbusi bilan 1912-yilda ochildi. Ikkinchi kitob uyi “Madora” 1914-yilda Qо‘qonning Beshariq mahallasida ma’rifatparvar Ibrohim Davron tomonidan tashkil etildi. Hamza Hakimzoda Niyoziy qisqa vaqt ichida ikkita-“G‘ayrat” (1915) va “Birlik” (1916) kitob uylarini tashkil etdi. Shu davrda kitob noshirligi va savdosi, ayrim hollarda kutubxonalar va qiroatxonalar tashkil etish bilan о‘sha davrdagi boshqa shirkatlar ham shug‘ullangan.

Ular orasida Toshkentdagi “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916), “Nashri maorif”, Buxorodagi “Barakat” (1914), Samarqanddagi “Zarafshon” shirkatlari mavjud edi. Ushbu shirkatlarning ta’sis shartnomasida ularning maqsadi musulmon aholi о‘rtasida Yevropa madaniyatini gazetalar, jurnallar, kitoblar va ularning savdosi orqali yoyish, kutubxonalar va qiroatxonalar ochish orqali aholi о‘rtasida ma’rifat urug‘ini sochishni maqsad qilib qо‘yganligi takidlab о‘tilgan edi.

Turkiston jadidlarining otasi deb nom olgan Maxmudxо‘ja Behbudiyning marifatparvarlik faoliyati alohida ahamiyatga molikdir. Behbudiy tomonidan Samarqandda tashkil etilgan ommaviy kutubxona shaharning ruslar yashaydigan qismida joylashgan bо‘lib, “Kutubxonai- Behbudiya” nomi bilan atalgan.

Kutubxonadan tashqari shu yerda mutolaa qiluvchilar uchun keng va shinam qiroatxona ham tashkil etilgan va yangi tipdagi ushbu kutubxonani kutubxona-dо‘kon deb ham atash mumkin edi. Chunki, ushbu muassasaga tashrif buyurgan har bir kishi kutubxonaning alohida fondidan о‘z mablag‘iga sotib olishi va uzi bilan birga olib ketishi mumkin edi. Boshqalarning qiroatxonada kitob о‘qishlariga sharoit yaratilganligidan tashqari xotirasi va miyasiga quvvat bо‘lishi uchun shakarli qaynoq choy ham berilgan. Ushbu kutubxona fondida joylashgan kitoblarning bir qismini Maxmudxо‘ja Behbudiy о‘zining 1899-1900 yillardagi va 1914-yildagi haj safarlarida bо‘lganida keltirilgan, qolgan kitoblar esa Turkistonning turli burchaklaridan, Rossiya imperiyasining Cankt-Peterburg, Qozon, Bog‘chasaroy, Boku, Orenburg shaharlaridan, shuningdek, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Hindiston, Misr, Livandan kutubxona manziliga yuborilgan edi. Bunday uzoq mamlakatlar va shaharlardan kitob keltirish hisobiga kutubxona va qiroatxona fondini tо‘ldirish omilkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik uquvidan tashqari keng xalqaro aloqalarni va albatta kattagina mablag‘ni tashkil etar edi. Shunga kо‘ra Mahmudxо‘ja Behbudiy matbuot sahifalarida e’lon qilingan kо‘plab maqolalarida savdo va ishlab chiqarish vakillarini boshlangan xayriya ishlarini moddiy jihatdan qо‘llab quvvatlashga da’vat qiladi. U shunday maqolalardan birida “Millatga dalda berish, maktablar islohi, yoshlarimizni Yevropa oliy о‘quv yurtlariga kirishlarga tayyorlash, umummilliy ishlarni amalga oshirish uchun bizga “Xayriya jamiyatlari”, kutubxonalar, jamg‘armalar, turli tо‘garaklar, gazetalar, jurnallar, nashriyotlar va hakazolar kerak” deb yozgan edi. 

Umuman olganda “Kutubxonai-Behbudiya”ning kitob fondi barcha manbalar miqdoriga kо‘ra Turkistondagi eng boy kutubxonalardan biri bо‘lgan. Kutubxona fondida Qur’oni Karimning har xil nashrlari, hadislar tо‘plamlari, fan va bilimning turli sohalariga oid dunyoviy mazmundagi turkiy, fors, turk, arab, rus, nemis, fransuz, ingliz tillaridagi kitoblar tо‘plangan.

Faqat birgina tarixga oid adabiyotlar ichida “Buyuk umumiy tarix”, uch jildli “Madaniyat tarixi”, “Tarixiy istiqbol”, “Islom tarixi” , “Islom olami va Ovrupo  XX asrda”,  “Turkiy xalqlar tarixi”, “Madaniyat tarixi”, “Shohlarning g‘alabalar kitobi”, “Usmoniylar saltanati kо‘zgusi”,  “Islom madaniyati tarixi”, “Amir Temur”, “Islom tarixi”, “Buyuk Eron tarixi”, “Amerikaning kashf etilishi tarixi” kitoblari bor edi.

Demak, XX asrning dastlabki о‘n yilliklari mobaynida jadidlarning ma’rifatparvarlik mazmunidagi yangicha adabiyotlarni о‘zida jamlagan kutubxonalari Turkiston о‘lkasining deyarli har bir yirik shahrida faoliyat kо‘rsatdi.

Jadidlar bir tomondan istiqlol bilan bog‘liq bо‘lgan harakatlarni olib borgan bо‘lsalar, ikkinchi tomondan diniy va dunyoviy kitoblar fondiga ega bо‘lgan kutubxonalar tashkil etdilar. Jadidlar ushbu yо‘nalishdagi faoliyatlarini izchil davom etdirdilar.

Ularning asosiy maqsadlarini Abdulla Avloniyning “Madaniyat tо‘lqunlari” nomli maqolasini о‘qish orqali tо‘la anglash mumkin. U quyidagicha yozadi: “Yoshlarimizdan madaniyatga loyiq ravishda о‘qub, diniy va madaniy kishilar hozirlansa, tarbiya va ta’limga mohir olim va olima, adib va adibalarimiz yetushsa, maktab va madrasalarimiz muntazam va tartiblik bо‘lsa, ziroat, sanoat va tijorat ishlariga mohir kishilar yetushub, zamonga muvofiq ravishda ish yuritilsa, tartiblik “Dorul-yatim”-yetimxonalar, “Dorul-ojizin” – kambag‘alxonalar, kutubxonalar va qiroatxonalar ochilsa, shirkat (tovorishestvo)lar barpo qilinsa, yuqorida dedegimiz kabi, xalqimiz orasida zamonga loyiq ulum va funundan bohabar ulamolarimiz kо‘paysa, och va yalang‘och kishilarimizning mashaqqatlarini tuzatmak uchun harakat qilinsa, о‘qutilsa, ahloq va odob о‘rgatilsa, shul vaqtda eskincha orasidan chiqub, haqiqiy madaniyat bо‘stonig‘a yuzlangan hamda madaniyat tо‘lqinlaridan qutulub salomatg‘a chiqg‘an bо‘lur edik”.

Yuksak g‘oyalarni amalga oshirish yо‘lidagi faoliyatning izchil amalga oshirishi natijasida 1913-yilda Toshkent shahrida Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdulla Avloniy boshchiligida 1909 yilda tuzilgan “Jamiyati xayriya” negizida “Turon” xayriya jamiyatini tashkil etdilar.  Ushbu jamiyatning faoliyat doirasi kengayib borgani sari yosh ziyolilar saflari kengayib bordi.

        Ammo 1917-yil  oktyabr tо‘ntarilishi sodir bо‘lishi bilan “Turon” jamiyati atrofida uyushgan jadidlar parchalanib ketadilar. A.Avloniy boshliq bir guruh jadidlar shо‘ro hokimiyati tarafiga о‘tib “Turon” jamiyati ixtiyoridagi о‘zbek tilida yaratilgan sahna asarlarini tо‘plab, bо‘lajak kutubxonaga poydevor quradilar. Shu tariqa 1918-yilda “Turon” kutubxonasi bunyod bо‘ladi.

         О‘sha yilning boshlarida Toshkentga SHо‘ro hukumati siyosatining О‘rta Osiyoda sо‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash uchun kelgan, Turkiston jumhuriyati Mudofaa shtabining a’zosi etib tayinlangan Orif Klibleyev 1918 yil iyunida “Ishtirokiyun” gazetasini tashkil etadi va uning dastlabki muharriri bо‘ladi. О‘sha yilning 20-iyunida Orenburg frontidan kelgan Ahmad Donskoy bilan Vali Allamov ham “Ishtirokiyun” gazetasi tahririyatiga ishga olinadi. Oradan bir hafta о‘tgach, 27-iyulda O.Klibleyev muharrirlikni Donskoyga topshirib, о‘zi Jizzaxga maxsus topshiriq bilan boradi va о‘sha yerda kasallanib vafot etadi.

        Shо‘ro hukumatining О‘rta Osiyoga “keng vakolatlar” bilan kelgan bu ishonchli vakilini dafn etish marosimi katta siyosiy tadbir sifatida о‘tkazilgan. Turkiston Xalq Komissarlari SHо‘rosining qarori bilan marhum bolshevik nomini adabiylashtirish maqsadida “Turon” kutubxonasiga Orif Klibleyev nomi berilgan. Kutubxona fondini kengaytirish va ta’mirlash ishlari uchun 10 000 sо‘m hajmda mablag‘ ajratilgan. Shundan keyin kutubxona Turkiya, Tatariston, Boshqirdiston, Ozarbayjon va Moskvada chop etilgan turli-tuman davriy nashrlar va kitoblarni olib turish imkoniyatiga ega bо‘lgan.

        1918-1922-yillarda kutubxona, bir tomondan, о‘z a’zolari va tashkilotchilari bо‘lmish sobiq jadidlar yordami bilan, ikkinchi tomondan, ma’rifatparvar kishilarning vaqf qilib qoldirgan kitoblari hisobiga oyoqqa turdi, uchinchi tomondan esa, berilgan mablag‘ tufayli markazda va xorijda chiqib turgan davriy nashrlar va kitoblar bilan boyidi.

         1919-yil 14-aprelda esa barcha xalq kutubxonalari qatori “Turon” ham davlat ixtiyoriga о‘tkazildi.

“Turon” kutubxonasi va qiroatxonasi Sag‘bon, Chorsu, Shayx Xovand Toxur, Xadra, Chig‘atoy, Oqlon, Xastimom mavze va mahallalari uchun о‘rtaliq xisoblangan Eski Jо‘vada tashkil etilgan edi. Kutubxona fondida Qozon, Qrim, Tiflis, Orenburg, Istanbulda nashr etilgan gazeta va jurnallar, noyob kitoblar mavjud bо‘lib, kо‘pgina ziyolilarning asosiy vaqti shu yerda о‘tar edi.

Jadidchilik harakatining faol a’zolari bо‘lgan aka-uka Karimbek va Komilbek Norbekovlar, Sa’dullaxо‘ja Tursunxо‘jayevlar xayriya jamiyati nizomida kо‘rsatilganidek, halqimizni “sog‘lom tomosho”, madaniy xordiq chiqaruvga yaqinlashtirish, teatrlar, kutubxonalar, qiroatxonalar yordamida madaniyat olamiga olib kirishga alohida e’tibor qaratdilar. Ular “Maktab kutubxonasi” shirkatini tashkil etib, maktab darsliklari, о‘quv qо‘llanmalari nashr etish ishiga ham о‘zlarining beqiyos hissalarini qо‘shdilar.

Shu о‘rinda “Turon” kutubxonasida kо‘p yillar davomida ishlab, uning har tamonlama rivojlanishiga о‘zining munosib hissasini qо‘shgan Akbarbek Dolimov faoliyati haqida tо‘xtalib о‘tishi zarur.

Jadidchilik harakati muhitida ulg‘aygan Akbarbek Dolimov 1927-1929-yillarda kutubxonachilik kursida о‘qib, uni tugatgach о‘zi kо‘p yillar davomida kitob fondidan foydalanib kelgan “Turon ” kutubxonaiga ishga kiradi. Turmush qiyinchiliklari va mashaqqatlariga qaramasdan 1932 yildan о‘qishini Toshkent davlat pedagogika institutining kutubxonachilik fakultetida davom ettiradi. A.Dolimov kutubxonadagi ishini pedagog sifatida davom ettirib, tez vaqt ichida kutubxona derektori lavozimiga kо‘tariladi.

Akbarbek Dolimov Fayzulla Ubaydullayev bilan hamkorlikda “Mukammal ilmiy bibliografiya”  kitobini yaratib,  unda 1920-1934-yillarda о‘zbek tilida nashr etilgan uch mingga yaqin kitobning bibliografik tasnifi va tasvirini berganlar. Bibliografiya sohasida yaratilgan ushbu birinchi kitob 1934-yilda О‘zbekiston davlat nashriyotida chop etilgan.

Sobir Soliyev bilan hamkorlikda esa 1937-yili respublika kutubxonachi va bibliograflariga metodik yordam sifatida “О‘nli klassifikasiya” asarini nashr ettirdi. Har ikkala asar kо‘p yillar davomida bо‘lajak kutubxonachilar va bibliograflar uchun asosiy о‘quv qо‘llanma vazifasini bajarib keldi.

Bundan tashqari Akbarbek Dolimov 30-yillarda Xoji Muin, Shukurullo, Abduqodir Shakuriy, Pо‘latjon Qayumiy, Abduvaxob Ibodiy, Abdulla Avloniy, Muhibulqori Orifiylar yordamida “Oyina”, “Sadoyi Farg‘ona” jurnallari, “Turkiston” tо‘plami taxlamlarining yetishmayotgan va qattiq shikastlangan qismlarini  tо‘ldirdi va ba’zi manbalarning fotonusxasini yaratdi.

Bu manbalar bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasida va Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasida saqlanmoqda.

Jadid ma’rifatparvarlarining millat taraqqiyotini  umummillat ma’naviyati, ma’rifati yuksalib, illatlardan xalos bо‘lishi bilan bog‘liq deb hisoblaganliklari bugungi kunda ham о‘z ahamiyatini yо‘qotgan emas. Ayniqsa, ma’naviy makonni tо‘siq bо‘lib turgan illatlarni baprtaraf etish masalasi kо‘ndalang bо‘lib turgan sharoitda ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxо‘ja Behbudiy “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida yozganidek: “Bizni qiladurg‘on aqlsizligimizni qaysi millat qilur? Nikoh, xatna bu ikki balo shundog‘ qattiq bir illatki, о‘lmag‘uncha qutulib bо‘lmaydur. Shaharlarda о‘rtahol, ya’ni о‘tirarg‘a xona va bog‘i bor bir kishi nikox uchun ikki ming sо‘m sarf etar va о‘g‘il xatnasi uchun hech bо‘lmaganda ming sо‘m, har bir kishi benavo bu mavridlarga 200 sо‘mdan, 1000 sо‘mgacha sarf etar. Boy va zо‘raki boylar esa besh ming, о‘n minglab sarf etar”. Bugun isrofgarchilik bilan о‘tkazilayotgan tо‘ylar va marosimlar davom etayotganligidan tashqari xaj va umradan qaytish bilan bog‘liq bо‘lgan dabdabali holatlar, о‘tmishda kitobxon bо‘lgan millatning, ayniqsa yoshlarning “о‘qimaslik illati”ga yо‘liqqanligi bugungi kundagi mavjud bо‘lgan illatlardir.

Davlatimiz rahbari Anqarada Turkiya respublikasi prezidenti huzuridagi xalq kutubxonasining ochilish marosimida ta’kidlaganidek, “Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda о‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qadrlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti-kitob va kutubxonalarda” deb ta’kidlaganida jadidlarning bilim olish va mutolaaga bо‘lgan munosabatlarining mantiqiy davomini tushunishimiz mumkin.

Shu о‘rinda  yoshlar о‘rtasida mutolaani zaiflashganligi borasida ma’lum bir mulohazalarni bildirib о‘tish mumkin. Yoshlarda mutolaaga nisbatan ishtiyoq uyg‘otish ularning bolalik davridan boshlanshi zarur. Lekin, bolalar uchun ular qiziqib о‘qiydigan, rang-barang, sarguzashtlarga boy asarlar deyarli mavjud emas. Agar jadidlarning faoliyatiga e’tibor beradigan bо‘lsak, ular о‘z tashabbuslari bilan kutubxonalar tashkil etibgina qolmasdan ularning fondini tо‘ldirish, foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali insonlarni madaniyat doirasiga tortishga harakat qilganlar.

Jadid bobolarimizning о‘z davrida qо‘llagan tajribalarini chuqur о‘rganib, zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalangan holda kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish va mutolaa madaniyatini shakllantirish ajdodlarimiz oldidagi burchimizdir.

О‘.Nosirov,
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kutubxona-axborot faoliyati” kafedrasi
professor v.b.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img96

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img135