Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


АBDURAHIM YUSUFZODA

img

(1880–1937)

Bolaligi Buxorodagi jadidchilik harakatining taniqli namoyandasi, davlat arbobi va diplomat. 1880-yili Andijonda to‘quvchi hunarmand oilasida tugʻilgan.

Maʼlumoti Abdurahim Yusufzoda Andijon va Buxorodagi madrasalarda o‘qigan.

Faoliyati Abdurahim Yusufzoda 1905–1917-yillarda Buxorodagi Ayozbiy madrasasida mudarrislik qilgan. 1912-yildan Yosh buxoroliklar partiyasida faol qatnashgan. BXSR tuzilgach, u Chorjo‘y viloyati inqilobiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, BXSR ziroat (dehqonchilik) xalq noziri (1920), BXSRning Afgʻonistondagi elchisi (1921-1922), BXSR adliya xalq noziri (1922-1923), maorif xalq nozirligida vaqf ishlari bo‘yicha maxsus komissiya raisi (1923), BXSRning Moskvadagi elchisi (1923-1924) bo‘lib ishlagan. Buxoroning amalda mustaqil bo‘lishi uchun intilgan. “Milliy Ittihod” tashkilotida faol ish olib borgan.

Ilmiy-adabiy merosi Yusufzoda Moskvada o‘zbek va rus tillarida nashr qilingan “Buxoro hayoti” (1924) jurnalini tashkil etgan va unga muharrirlik qilgan. O‘zbekiston SSR tuzilgach (1925-yil fevral), Maorif xalq komissarligi huzuridagi Bosh vaqf idorasida rais o‘rinbosari (1925–1926) va boshqa lavozimlarda ishlagan.

O‘limi Yusufzoda 1936-yil 22-martda Samarqandda qamoqqa olinib, BXSRning rahbar arboblari (17 kishi) qatorida Toshkentda 1937-yil 25-oktabrda otib tashlangan.

Jadidlar.uz saytidan olindi.