Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


АBDURASHID MUKAMILOV

img

(1901–1937)

Bolaligi. Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandasi, jamoat arbobi Abdurashid Mukamilov Karki bekligidagi Chaqir qishlogʻida (hozirgi Turkmanistoning Lebop viloyati hududida) hunarmand Mukamil Maqsudov oilasida tugʻilgan.

Maʼlumoti. 1917-yili Karki shahridagi yangi usul maktabini tugatgan.

Faoliyati. 1915-yildan Yosh buxoroliklar partiyasi faoliyatida qatnashgan. 1919–1920-yillarda Yosh buxoroliklar firqasining Karki shuʼbasi boshligʻi bo‘lgan. Buxoroda amirlik hokimiyati agʻdarib tashlangach, Abdurashid Mukamilov 1920-1921-yillarda Karkida, 1921-yil bosh konsul sifatida Toshkentda faoliyat ko‘rsatgan. 1922-yili BXSR Tashqi ishlar noziri, 1922—1923-yillarda BXSRning Moskvadagi favqulodda vakili, 1924-yili BXSR Xalq Nozirlar Sho‘rosi ish boshqaruvchisi, Buxoro Kompartiyasi MK kotibi va boshqa lavozimlarda ishlagan.

Abdurashid Mukamilov O‘zbekiston SSR tashkil topgach, 1925-yildan  Qashqadaryo va Zarafshon viloyatlari ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 1931–1936-yillarda “Sredazselxozsnab” aksionerlik jamiyati raisi, 1937-yili “Uzglavmyaso” tresti boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

Abdurashid Mukamilov 1920–1923-yillarda “Milliy Ittihod” tashkilotining faol aʼzosi bo‘lgan. U Fayzulla Xo‘jayevning ishonchiga sazovor bo‘lgan milliy rahbar xodimlardan biri edi. Zarafshon viloyati ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan paytida O‘n sakkizlar guruhi faoliyatida qatnashganligi uchun u keyinchalik jazolangan.

O‘limi. Abdurashid Mukamilov 1937-yil 22-iyunda Toshkent shahrida qamoqqa olingan. U BXSRda faoliyat ko‘rsatgan milliy rahbar xodimlar (Otaulla Xo‘jayev, Muinjon Aminov, Muxtorjon Saidjonov va boshqalar, jami 17 kishi) qatorida 1937-yil 14-oktabrda o‘lim jazosiga hukm qilingan. Abdurashid Mukamilov Toshkentda 1937-yil 25-oktabrda otib tashlangan.