Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


AKROM USMONOV

img

(1902–1931)

Bolaligi. Akrom Usmonov oʻzbek matbuoti va maorifi sohasida faoliyat yuritgan jadid maʼrifatparvarlaridan boʻlib, 1902-yil Namangan shahrida bogʻbon oilasida tugʻilgan.

Maʼlumoti. Avval eski usuldagi maktabda, soʻng oʻqituvchilar tayyorlash kursida oʻqigan. Xalq maorif boʻlimi uchun ochilgan uch oylik instruktorlar tayyorlash kursida malaka oshirgan. U zamonaviy taʼlim bilan birga 1916–1917-yillari qorixonada oʻqib, diniy bilimlarini oshirgan.

Mehnat faoliyati. 1922-yilgacha oʻrta maktablarda muallimlik qilib oʻzbek yoshlariga taʼlim bergan. Shu bilan birga “Fargʻona”, “Yangi Fargʻona”, “Qizil Oʻzbekiston” gazetalarida muxbir, adabiy xodim, boʻlim mudiri vazifalarida ham ishlagan.

Oʻlimi. 1929-yili OGPU tomonidan millatchilikda ayblanib, shubha ostiga olingan ziyolilar tarkibida Akrom Usmonov ham bor edi. Uni 1929-yil 14-dekabrda “Milliy ittihod” tashkiloti aʼzosi sifatida qamoqqa oladilar. Yosh va gʻayratli, millatparvar sovet hukumati uchun eng zararli kishilar qatoriga kiritiladi. OGPUning 1931-yili oʻtkazilgan sud qaroriga koʻra oliy jazoga hukm qilingan.

Jadidlar.uz saytidan olindi.