BАHOVUDDIN АMINJONOV
(1904–1938)
Bolaligi. 1904 yili Buxoro shahrida mudarris Aminjon Ziyovuddinov oilasida tavallud topgan.
Ma’lumoti. 1922 yilning kuzida Germaniyaga tahsil olishga borgan va avvaliga Aziz Xо‘ja, Sattor Jabbor, Vali Qayumlar bilan Doktor Fekkelmanning xususiy о‘rta maktabida ta’lim olgan. Shundan sо‘ng Berlin universitetining tibbiyot fakultetida о‘qishni davom ettirgan. Bahovuddin 1929 yil SSSRga qaytgach, о‘qishni 1931 yil О‘rta Osiyo Meditsina institutida yakunlagan.
Faoliyati. О‘qishni tamomlagan Bahovuddin Aminov Yaltadagi “О‘zbekiston” sanatoriyasiga yо‘llanma olgan. “О‘zbekiston” sanatoriyasida bosh shifokor bо‘lgan Bahovuddin 1935 yil oxiri – 1936 yilning fevralida Moskvada ilmiy safarga bо‘lgan. 1936 yili ishdan olingach, Toshkentga kelib Respublika tubdispanserida ish boshlagan. Qisqa vaqtda bu jamoada ham katta hurmat qozonib ulgurgan Bahovuddin 1937 yilning yanvarida qamoqqa olingan.
О‘limi. 1938 yil 8 oktabrda otuvga hukmi chiqarilgan va otib о‘ldirilgan.