Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


BAHROM DAVLATSHOYEV

img

(1871 – …)

Bolaligi. Bahrom Davlatshoyev 1871 yili Kattaqо‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Davlatshoh tatar millatiga mansub bо‘lib, asli kasbi tikuvchi edi. Chor Rossiyasining politsiya xizmatiga о‘tgach, Kattaqо‘rg‘onga ishga yuborilgan. Shu yerda о‘zbek qiziga uylanib, xizmatdan ozod etilganidan sо‘ng bosh oqsoqol bо‘lgan. Biroq keyingi yillarda taraqqiyparvarlik faoliyati uchun Sibirga surgun qilingan.

Ma’lumoti. Bahrom Davlatshoyev ham eski maktab va yevropacha maktablarda о‘qib, о‘rta ta’lim olgan.

Faoliyati. Bahrom Davlatshoyev Buxoro amirining xizmatiga kirib, avval miroxо‘r, keyin amirning shaxsiy tilmochi vazifalarida xizmat qilgan. U Buxoro amirligida saroy mulozimi, taraqqiyparvar shoir sifatida tanilgan. 1910 yil uning ilk she’riy tо‘plami bosilgan. Buxoro jadidchilik harakatining vakili, “Yosh buxoroliklar” partiyasining faol a’zolaridan biri sifatida “Buxoroyi Sharif” gazetasini tayyorlashda ishtirok etgan. Muso Saidjonov rahbarlik qilgan “Barakat” Buxoro kitob dо‘konining muassislaridan biri bо‘lgan.

Kolesov voqealaridan sо‘ng Eski Buxoroni tark etib, Kattaqо‘rg‘onga qaytib bir muddat masjid imomi sifatida faoliyat olib borgan. 1920 yil Buxoro Xalq sovet Respublikisi tuzilgach, Eski Buxoroga kо‘chib о‘tgan.

1921 yil Buxoro hukumatida tergovchi, sо‘ng hukumat idorasi xodimi sifatida faoliyat olib borgan. 1923 yil sovet hukumatiga qarshi aholini da’vat etishda ayblanib, qamoqqa olingan. 1923 yili ozodlikka chiqqach,  Kattaqо‘rg‘onga kо‘chib ketgan.

Bahrom Davlatshoyev Kattaqо‘rg‘onda Turkiston Respublikasi Markaziy ijroiya qо‘mitasi tomonidan shahar moliya bо‘limiga ishga qabul qilingan.

1929 yil 5 noyabr kuni Bahrom Davlatshoyev quloq deb topilgan va uyida tintuv о‘tkazilib, kattagina kutubxonasi, 4 ta tarjima asari va boshqa asarlari tortib olingan.

О‘limi. 1930 yil 23 aprelda OGPU majlisi tomonidan Bahrom Davlatshoyev 5 yil Sevkrayga mehnat tuzatish lageriga yuborilgan. Bahrom Davlatshoyev jazoni о‘tash jarayonida Arxangelskda vafot etgani haqida ma’lumot ham mavjud.