Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


G‘URBAT

img

(1850 – 1918)

Bolaligi. G‘urbat – o’z davrining mashhur shoiri (taxallusining ma’nosi: gʻariblik, kimsasizlik, musofirlik) asl ismi Abdulla Maxdum Karimberdi o‘g‘li taxminan 1850/53 — Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Yakkatut qishlog‘ida tavallud topgan.

Ma’lumoti. Dastlab o’z mahallasining maktabida xat savodini chiqargan, so’ngra Qo‘qonda Muhammad Alixon madrasasida o‘qigan.

Ilmiy-adabiy merosi. O‘zbek va tojik tillarida diniy-tasavvufiy va dunyoviy mavzularda ijod qilgan. Asarlarining katta qismini lirik g‘azallar tashkil etadi. Ularda dunyo norasoligidan nola-faryod qilgan, ilohiy va insoniy muhabbatni, yaxshi xulqlarni, ilm-ma’rifatni ulug‘lagan, yaramas fe’l-atvorli kishilarni hajv qilgan («Ohkim shod aylamas…», «Qo‘limda pora yo‘q…», «Gulo, ovorai har du jahon qilding…» va b.). 
Uning Qo‘qon-Namangan-Andijon sayohatlari haqidagi xotiralari mashhur. 1898 yilda Toshkent shahriga safar qiladi va bu еrda Gimnaziya bilan tanishib u haqida sher ham yozadi mazkur sher “Turkiston viloyatining gazeti” da chop etilgan. G‘urbat she’rlaridan devon (10 ming misraga yaqin) tuzgan. Unga 442 g‘azal, 25 muxammas, 12 ruboiy, 7 murabba’, 3 marsiya, 1 ta’rix va 2 chorbayt kirgan. «Devoni G‘urbat» qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi (inv. №10067).

Oilasi: Sirojiddin ismli o‘g‘li bo‘lib keyinchalik Tojikistonga borib Dushambe (Stalinobod) atrofida muallimlik qilib qolgan. Keyinchalik o‘zbek bo‘lganligi uchun Konibodom yaqiniga boradi va shuyerdan uylanib shu еrda yashab qolgan.

O‘limi. G‘urbat 1918 yilda vafot etgan.