Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


HAZINIY XO‘QANDIY

img

(1867 – 1923)

Bolaligi. Shoir va shayx Haziniy Xo‘qandiy asl nomi Ziyovuddinxon Kattaxoja o‘g‘li Haziniy to‘ra 1867-yilda Qo‘qon yaqinidagi Katta Kenagas qishlog‘ida tug‘ilgan.

Ma’lumoti. Boshlang‘ich tahsilni o‘z qishlog‘ida olgan. So‘ngra Qo‘qondagi Jome’ madrasasida tahsil olgan. Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, kalom, adabiyot ilmlarini chuqur o‘zlashtirgan.

Mehnat faoliyati. Tasavvuf ta’limoti bilan izchil shug‘ullangan. 30 yoshida murshididan irshod (tariqat rahnamoligiga ruxsat) olib, «Haziniy to‘ra» va «Eshonbuva» nomlari bilan xalq orasida e’zozlangan, o‘z davrining yetuk qodiriya tariqati shayxi sifatida e’tirof etilgan va «Murshidi Farg‘ona» nomiga musharraf bo‘lib valiy zot bo‘lib tanilgan. Dehqonchilik bilan kun kechirgan. Bog‘lar barpo qilgan, binolar qurdirgan.
Ilmiy-adabiy merosi. 1904-yildan shoirlikda anila boshlandi. XIX asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida ko‘chirilgan ko‘plab qo‘lyozma bayozlar va majmualardan Haziniy she’rlari o‘rin olgan. 1910-1915-yillarda Toshkentning Orifjonov, Portsev va Laxtin matbaalarida «Bayozi Haziniy» to‘plamlari bir necha bor nashr etilgan.
Haziniy mumtoz she’riyat janrlaridan g‘azal, murabba’, muxammas va musaddaslar yozgan. Adabiy merosi 4000 misra atrofida. Shoir asarlarini g‘oyaviy mavzui boy. Uning tasavvuf ruhidagi asarlarida sof so‘fiyona ma’no va mazmun tarannum etilsa, axloqiy mavzudagi bitiklarida poklik, odamiylik, sahovatpeshalik kabi yuksak insoniy fazilatlar ulug‘langan.
Haziniyning o‘ndan ortiq g‘azallariga muxammas bog‘langan va naziralar qilingan. «Bayozi Haziniy»ning toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. 12665, 14850, 15197). Farg‘ona shahrida uy-muzeyi tashkil qilingan, Haziniy nomida jamoa xo‘jaligi, bog‘, maktab, kutubxonalar bor.

O‘limi. 1923-yilda vafot etgan. Qabri o‘z qishlog‘ida. Bu qabr – maqbara va uning atrofidagi obidalar me’moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.