Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


KARIM ABDULLAYEV

img

(1905 – 1938)

Bolaligi. Karim Abdullayev 1905-yil Turkistonning Otaboy qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida dunyoga kelgan. Uning onasi Xonima aya hamda aka-ukalari Saidahmad va Yuldosh Abdullayevlar Turkistonda Otaboy qishlog‘ida yashar edilar.

Ma’lumoti. U avval o‘z qishlog‘ida savod chiqaradi. So‘ng tahsilni davom ettirish uchun Toshkentga yo‘l oladi.

Karim Abdullayev 1922-yil do‘stlari Beglar Junayev, Ziyovuddin Qurbonov, Iso Ahmedov, Nabi Yuldashev va boshqa do‘stlari bilan Toshkentga keladi. Ularning aksari O‘zbek maorif instituti va ishchi fakultetlariga o‘qishga kiradilar. Ayni paytda Toshkentda iqtidorli yoshlarning tashabbusi bilan tuzilgan “Ko‘mak” jamiyatiga tortiladi. Ular Sayyid Alixo‘ja, Ahmad Shukuriy, To‘lagan Mo‘min, Botu va Nosir Saidlar tavsiyasi bilan Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi shahar qishloqlariga yo‘l olib, “Ko‘mak” jamiyati foydasiga aholidan pul mablag‘lari jamlab qaytadilar. Karim Abdullayev 1926-yilgacha oliy ta’lim oldi.

Меhnat faoliyatini O‘zSSR Maorif xalq komissarligida boshlaydi. U 1932 – 1936-yillarda Samarqanddagi Pedakademiya direktori, 1936-yildan O‘zSSR Sog‘liqni saqlash xalq komissari lavozimlarida faoliyat olib boradi.

Oilasi. Oila a’zolari turmush o‘rtog‘i Aliyaxon Abdullayeva, qizi Mariya va o‘g‘li Telmandan iborat edi.

O‘limi. 1937-yil 5-avgust kuni Karim Abdullayevni “Milliy istiqlol” aksilinqilobiy tashkiloti a’zosi, Pedakademiya (O‘zDU) direktori va Sog‘liqni saqlash xalq komissari vaqtida millatchilarni o‘z himoyasiga olgan deb, O‘zSSR JKning 60, 67-moddalari bilan ayblanib qamoqqa olishga qaror chiqarildi. 1937-yil 27-avgust kuni bitilgan order asosida Toshkent shahri, Gogol ko‘chasi, 2-uydan qamoqqa olindi.

Karim Abdullayev ishi 1938-yil 4-oktyabr kuni soat 11:35 dan 11:55 gacha mash’um “uchlik” tomonidan ko‘rib chiqilgan. Nohaq jazo shu kunning o‘zidayoq ijro qilingan.