Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


MIRZO XAYRULLO HO‘QANDIY

img

(1882-1945)

Bolaligi. Mirzo Xayrulloxon Sayiid Nosirxon o‘g‘li (Mirzo, Mirzoi Ho‘qandiy) mashhur o‘zbek shoiri va ko‘zga ko‘ringan jadidlardan biridir. U 1880-yilda Qo‘qon shahrining Saidquli qo‘shbegi mahallasida (hozirgi «Yangi hayot» ko‘chasi) hunarmand-kosib oilasida tug‘ilgan.

Ma’lumoti. Dastlab eski usul maktabida, so‘ng Qo‘qondagi «Madrasai Buzrukxo‘ja»da o‘qigan. Yoshligidan adabiyotga, xattotlikka qiziqqan Mirzo Xayrulloxon ustozlari mavlono Rojiy Marg‘iloniy, Nayyiriy Ho‘qandiylardan she’riyat qonun-qoidalarini, xattotlik san’ati sirlarini o‘rgangan.

Mehnat faoliyati. 1910-yilda Saidquli qo‘shbegi mahallasidagi madrasa qoshida yangi usul maktabi ochib, 1926-yilgacha mahalla bolalariga saboq bergan. O‘zi doimo ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. 1912-yilda «Ma’rifat» kutubxonasi va bosmaxona tashkil qilib, ko‘plab badiiy, ilmiy, metodik adabiyotlarni nashr ettirgan. Mirzo Ho‘qandiy maktablar uchun bir qator qimmatli, mustaqil darsliklar tuzgan. Ulardan ayrimlarini o‘z qalami bilan ko‘chirib chop ettirgan. Shular jumlasiga «Turkiy avvali ilm», «Rahbari alifbo» (1913), «Tuhfatul-atfol» (1913), «Gulshani Mirzo», «Gulshani xayol» kabilarni kiritish mumkin. Shuningdek, u 1917-yilda «Kengash» va «Hurriyat» gazetalariga asos solgan va ularga muharrirlik qilgan.

Ilmiy-adabiy merosi. Mirzo Ho‘qandiy iste’dodli tarjimon sifatida fors tilidan «Hikmatnoma» asarini, Ubayd Zokoniyning «Gurba va mush» masalini, Abdurahmon Jomiy muammolarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Jinsiy tarbiyaga oid «Lazzatun-niso» (1916), falakiyotga doir «Ixtiyoroti qamar» (1916), «Madxali fanni nujum» risolalarini, «Jumboqlar majmuasi» (1916), «Umdatul – islom» (1916) asarlarini yozgan. Xattot sifatida ko‘p asarlarni, jumladan, ustozi, shoir Rojiyning «Zarbul-masal»ini, o‘z shogirdi Hamza Hakimzoda Niyoziyning «Yangi saodat» (1915), «Oq gul» (1916), «Qizil gul» (1916), «Yashil gul» (1916), «Sariq gul» (1916). «Pushti gul» (1916), «Safsar gul» (1917), «Atir gul» (1919) asarlarini, do‘sti Muhammadjon Xoliqiyning «Rahbari tadris» darsligini husnixat bilan ko‘chirib chiqqan.

Mirzo Ho‘qandiydan bizga katta meros qolgan. Jumladan, 15 ming misradan ortiq she’rlari, «Mazluma qiz» pesasi shular jumlasidandir. Shoir o‘z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatga da’vat etgan, yuksak fazilatlar sohibi, komil inson bo‘lishga chaqirgan. Inson sha’niga yarashmaydigan yomon odatlarni, yaramas hislatlarni keskin tanqid qilgan.

Mirzo Ho‘qandiyning dolzarb mavzularda yozgan hajviy asarlari, publistik maqolalari «Yangi Farg‘ona» (Qo‘qon) gazetasining «Chig‘iriq» sahifasida tez-tez bosilib turgan.

Mirzo Xo‘qandiy 1927-yilda qo‘qonlik bir guruh shoir, xattot, musavvirlarni, hunarmandlarni atrofiga yig‘ib, «Quyosh nuri» nomli badiiy buyumlar uyushmasini tashkil etgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, shoir juda ko‘p hunar va san’atlar sohibi bo‘lgan. Oynak-ko‘zgu yasash, turli buyumlarga husnixatlar yozish, «arbi bahor» nomli qog‘oz turi, badiiy qo‘lyozmalar, turli bo‘yoqlar, shior va reklamalar tayyorlash singari nodir hunar va san’atlarni puxta bilgan va shogirdlariga erinmay o‘rgatgan.

O‘limi. Mirzo Ho‘qandiy 1937-yilda bir qator fozil do‘stlari, shogirdlari bilan qatag‘onga uchragan. Yetti yillik turma azobidan keyin, 1943-yilda Toshkent viloyatidagi «Yalang‘och» mahbuslar lagerida vafot etgan. 1958-yil 29-dekabrida O‘zbekiston SSR Oliy Sudi tomonidan Mirzo Ho‘qandiyning ishi qayta ko‘rib chiqilgan va oqlangan. Qo‘qon shahridagi 33-maktabga uning nomi berilgan.