Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


MISBOH BURHONOV

img

(1905-1937)

Bolaligi. Misboh Burhonov 1905-yil Buxoro shahrida Muzainiddin Burhoniy mudarris xonadonida tavallud topgan. Jurnalist va yozuvchi. Mutal Burhonovning katta akasi.

Faoliyati. 1919-yilda Buxoro amiri Olimxon topshirig‘iga binoan jadidchilikda ayblanib, 14 yoshida otasi bilan birga zindonga tashlangan. Shu yilning o‘zida zindondan ozod qilingan. 1924-1928-yillarda Moskvada o‘qib, 1928-1933-yillarda Dushanbe shahrida “Tojikistoni Surx” gazetasining mas’ul muharriri va muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Buxoro Xalq Sho‘ro Jumhuriyati hukumat rahbarlari bilan yaqin aloqada bo‘lib, mamlakat hayotiga oid ijtimoiy-siyosiy publikatsiyalari davriy nashrlarda e’lon qilib borgan. Sovetlar yuritgan mustamlakachilik siyosatidan norozi bo‘lib, milliy ozodlik g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan.

O‘limi. 1933-yilda Tojikistonda qamoqqa olingan. 1937-yil 25-oktyabrda amakilari Mazhariddin, Mukammil va Muhammir Burhonovlar bilan bir joyda otib o‘ldirilgan. O‘limidan so‘ng qarindoshlariga qamoqdalik payti yozgan qog‘oz-hujjatlari berilganda, ular orasidan “Hammasi taqdirdan, taqdir o‘yinidan hech kim, hech qachon qochib qutila olmagan. Bu iztiroblarni sabr-bardosh bilan yengishdan o‘zga chora – yo‘l yo‘q. Shukr qil, axir bundan ham battar ahvolga tushishing mumkin ediku! Balki ozodlik daqiqalari yaqinlashib kelayotgandir-u, sen bundan bexabar o‘tirgandirsan?…” mazmundagi fors mutafakkiri Buzurgmehrga tegishli ushbu jumlalar ham bor bo‘lgan.