Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


MISKIN

img

(1880–1937)

Bolaligi. G‘ulomhalil Toshmuhammad o‘g‘li taxallusi Miskin 1880-yili Toshkentda tug‘ilgan. Otasi temirchilik, mixchagarlik bilan shug‘ullangan.

Ma’lumoti. Balandmachitdagi maktabda, so‘ng “Ko‘kaldosh” madrasasida o‘qigan. Dastlabki she’rlari muhabbat mavzuida. Ko‘p o‘tmay, she’riyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ijtimoiy uyg‘onishida katta xizmat qilgan “Shuhrat” gazetasini she’r bilan quvvatlab chiqqan.

Miskin she’rlarida xalq ommasini asriy jaholatdan uyg‘onishiga chaqirgan. Xalqqa erk va ozodlik ruhini singdirish, ularni haq-xuquq uchun kurashga uyg‘otishda o‘z hissasini qo‘shgan. Miskinning avtobiografik she’rlari shoir hayotining og‘ir va murakkab kechganini ko‘rsatadi.

Ilmiy–adabiy merosi. Miskin she’rlaridan 2 devon tuzgan. 200 sahifadan ko‘proq 1-devondan 1925-yilgacha yozilgan va chop etilgan she’rlari joy olgan. So‘nggi she’rlari esa 2-devonda jamlangan bo‘lib, 160 – 170 sahifani tashkil qilgan. Biroq ularning takdiri noma’lum. 70 ga yaqin she’rlarigina saqpangan. Ushbu she’rlar shoirning o‘z qalamiga, o‘z ovoziga ega bo‘lgan, adabiyotimiz tarixida sezilarli iz qoldirgan iste’dod sohibi ekanligini ko‘rsatadi. She’rlari shu paytga qadar to‘plangan, o‘rganilgan emas. Toshkentda Miskin nomida ko‘cha va mahalla bor.