Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


MULLA MARDONQUL SHOHMUHAMMAD O‘G‘LI

img

(1882–1920)


Bolaligi. Mulla Mardonqul 1882-yilda Samarqandda tug‘ilgan. Otasi Samarqandning oddiy oilasi bо‘lgan holda о‘g‘lini ta’lim olishiga e’tibor qaratgan.

Ma’lumoti. Dastlab maktab ta’limini olib, sо‘ng madrasada tahsil kо‘rgan. Arab va fors tillarini yaxshi о‘rgangan. Rus tilini mustaqil ravishda о‘zlashtirgan. U 1898-yilda samarqandlik bir hamrohi bilan Istanbulga sayohat qilgan. Dunyo ilm-fanini о‘rganishni davom ettirgan. О‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlari bilan zamondoshlari e’tiboriga tushgan. Fevral inqilobi arafasida ana shu qarashlari bois imperiya hukumati tomonidan qamoqqa olinib Toshkent turmasida saqlangan.

Faoliyati. 1917-yil fevral inqilobidan keyin о‘z qarashlaridan voz kechmagan holda Ijtimoiy-siyosiy qarashlarini ochiq targ‘ib qilgan. 1917-yilning aprel oyidan Samarqandda chiqa boshlagan “Hurriyat” gazetasida bosh muharrir bо‘lib ishlagan. 1917-yilda “Mardikorlar jamiyati” tuzgan. Biroq uning о‘tkazgan tadbirlari qarshilikka uchrab, bu jamiyat uzoq faoliyat yuritmay tugatilgan. Shundan sо‘ng u kasal bо‘lib Rossiyaning atrof shaharlariga davolanish uchun safar qiladi. Oktabr tо‘ntarilishidan keyin bolsheviklar boshqaruvidagi hukumat ishlariga kirib ishlaydi. Xususan, 1918-yil boshlarida Samarqand uezdining milisiya boshlig‘iga о‘rinbosar bо‘lib ishlagan. Shu yili Samarqandda ocharchilik kuchayib viloyatning turli qishloqlarida qozon osib, ochlarga yordam bergan.

U 1918-yil bahorida Buxoroga hujum qilishga harakat qilayotgan Kolesovning fikridan qaytarish maqsadi bilan Buxoroga boradi. Ammo maqsadi amalga oshmagach Samarqandga qaytib о‘z ishlari bilan mashg‘ul bо‘lgan. Kasallik sabab 1918-yil yozida bir oylik ruxsatnoma bilan Rossiyaning markaziga safar qiladi. Ortga qaytar chog‘ida inqilobiy harakatlar bois dastlab Kavkazda bо‘ladi, sо‘ng Istanbulga о‘tib bir muddat shu shaharda turadi. Turkistonda Muhtoriyat masalasi kо‘tarilgach Istanbuldan qaytib yо‘l qiyinchiliklari bilan 1918-yilning qishida Chorjо‘y orqali Samarqandga keladi. Xalqning ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun xalq hizmatiga kirishadi. U xalq orasidagi ortiqcha hashamlar, bidatlarga qarshi kurash olib borgan.

Oilasi. Oilali. Ikki farzandning otasi bо‘lgan.  

О‘limi. О‘z davrida uning faoliyati ayrim kishilarga yoqmaydi. Uni yо‘q qilish payida 1919 yilda ruslar va bolsheviklar tarafdori sifatida qо‘lga olinib, 1920-yilda о‘ldiriladi. Ba’zi ma’lumotlarga kо‘ra Qarshi begi Tog‘aybek tomonidan Buxoro amirligining qatl buyrug‘i bilan “jadid, kofir va tilchi (josus)” sifatida о‘ldirilgan.