Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


NOZIMAXONIM

img

(1870–1924)

Nozimaxonim (1870 – Toshkent v 1924) — shoira. O‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini o‘rgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik g‘oyalaridan bahramand bo‘lgan. O‘zbek va fors mumtoz adabiyotini, ayniqsa, Sa’diy, Hofiz asarlarini o‘qigan.

She’r va maqolalari 1900-yildan matbuotda bosilgan. 20 yoshlarida shoira «beshyog‘ochlik Nozimaxonim» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Taraqqiyot, ma’rifat va madaniyatni tashviq etuvchi she’r va manzumalari, jaholat, bid’at-xurofotni fosh etuvchi asarlari, zamonasidagi ijtimoiy tengsizlik va avj olgan milliy istibdoddan keskin norozilik bayon qilingan o‘tkir hajviy she’rlari –“Shuhrat”, “Sadoyi Turkiston”, “Taraqqiy” kabi gazetalarda muntazam chiqib turgan. Shoira mehnatkash xalqning milliy ozodlik harakatini qo‘llab-quvvatlagan, xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va o‘rni haqida asarlar yozgan, jaholat va zulm poymol etgan o‘zbek ayolining milliy, insoniy haq-huquqlarini talab qilib chiqqan (“Insonga qancha erk darkor?”, “Ilm va maorif borasida bir-ikki so‘z”, “Xotinlar huquqiga oid” va b.).

Nozimaxonim she’riyati 1905-17-yillar o‘zbek adabiyotining yetakchi tamoyillarini aniklashda, 20-yillar o‘zbek she’riyatining xarakterli xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.