Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


PO‘LAT XO‘JABOYEV

img

(1891–…)

Bolaligi. 1891 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkentning eski shahar qismi “Rais kо‘cha” mahallasidagi 114-uyda yashagan.

Ma’lumoti. “Qoryog‘di” mahallasidagi eski maktabda, sо‘ngra yangi usul maktabida о‘qigan.

Faoliyati. Munavvarqori Abdurashidxonov tomonidan asos solingan jamiyatlar a’zosi. Jadidlarning islomchilik, turkchilik va milliy ozodlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Keyinchalik sovet maktablarida о‘qituvchilik qilgan. “Milliy ittihod” tashkilotining a’zosi bо‘lgan.

Oilasi. Otasi va ikki ukasi Murod va Jо‘ralar bog‘bon bо‘lganlar. Xotini Soliha 1896 yili tug‘ilgan, uy bekasi. 4 nafar bolasi: 2 qizi (Umri, Nurtoji) va 2 о‘g‘li (Erkin, Uchqun) bо‘lgan.

О‘limi. Sovet hokimiyatiga qarshi yot g‘oyalarni qо‘llab-quvvatlaganlikda, “Milliy Ittihod” tashkiloti yetakchisi Tangriqul hoji bilan yaqin aloqada bо‘lganlikda ayblangan. 1929 yili qamoqqa olingan. Keyingi taqdiri noma’lum.