Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


TOSHXO‘JA ASHURXO‘JAYEV

img

(1895–1919)

Bolaligi. Ma’rifatparvar, davlat va jamoat arbobi Toshxo‘ja Ashurxo‘jaev 1895 yilda Namanganda tug‘ilgan. Otasi Ashurxo‘ja eshon o‘g‘li o‘z davrining ilmli kishilaridan bo‘lgan.

Ma’lumoti. Toshxo‘ja dastlabki ta’limni maktabda olgan. Shu bilan birga, rus-tuzem maktabida ham o‘qigan.

Faoliyati. U 1918 yil 30 aprelda Turkistonda tuzilgan Milliy Ishlar Xalq Komissarligining dastlabki rahbari bo‘lgan. Millat, xalq qayg‘usi bilan yashaydigan, rivojlanish va milliy yuksaklikka xizmat qiladigan milliy ziyolilarni ushbu kamissarlikka yig‘adi. 1918 yil 24 iyunda arxiv hujjatidagi ma’lumotga ko‘ra Mahmudxo‘ja Behbudiyga ushbu komissariatning “Turkiy millat masalalari” bo‘limini boshqarish topshirilgan. Osipov isyoniga qadar shu lavozimda ishlagan. U milliy ziyolilar bilan birga, Turkistonda milliy kadrlar tayyorlash, ularni xorijga yuborib o‘qitish masalasini ham ilgari surgan. Uning tashabbusi bilan  Namanganda birinchi o‘zbek havaskorlar teatri tashkil qilingan.

O‘limi. 1919 yilda Andijonda yashab turgan paytida noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirilgan.