Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


XAYRINISO MAJIDXONOVA

img

(1905-1938)

Bolaligi. Xayriniso Majidxonova 1905-yil 25-dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. Jadidlik harakatining davomchisi.

Ma’lumoti. Xayriniso va opasi Oyposhsho Munavvarqori Abdurashidxonov, Saodat Yenikeyeva kabi o‘z davrining ilg‘or ziyolilaridan saboq olgan. 1922-yil kuzida Turkistondan “Ko‘mak” jamiyati homiyligida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan. U 1924–1926-yillarda Darmshtadt shahrida O‘qituvchilar seminariysida, tibbiyot kurslarida o‘qigan, nemis tili va adabiyotini o‘rgangan.

Faoliyati. Xayriniso Majidxonovaning nomi Cho‘lpon, Botuning maqola va she’larida faxr bilan tilga olingan. Germaniyada 6 yil ta’lim olgan Xayriniso 1928-yili O‘zbekistonga qaytib, 1937-yil 13-sentyabrga qadar shifokor bo‘lib ishlagan.

O‘limi. Unga 1922–1928-yillarda Germaniyadagi “Turkiston” aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining a’zosi bo‘lganlikda, 1928-yili uning topshirig‘i bilan SSSRga josus bo‘lib kelganlikda va shu tashkilot a’zolari bilan aloqada bo‘lganlikda ayblangan. 1938-yil 9-oktyabrda otib tashlangan.