Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.11.2025 | 14:31

img1238

“JIGI-JIGI” NIMA DEGANI?

Eshqobil SHUKUR

Bolaligimda xotinlarning echki bolasini erkalab “jigi-jigi” deb chaqirganini ko‘p eshitganman. Bundan sal ilgariroq xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham “jigi-jigi” degan qo‘shiq aytib chiqdi. Hazrat Lutfiy g‘azali bilan aytiladigan bu qo‘shiqda shunday quyma misralar bor:
Furqating o‘lturur meni tutma ravo, jigi-jigi,
Ko‘nglum olib yoshunmag‘il, bahri Xudo, jigi-jigi.
Qush tili andalibidek Lutfiyi xasta yolborur,
Gul kibi chehradin oni tutma judo, jigi-jigi.
Xo‘sh, Lutfiydek buyuk shoir g‘azalga olib kirgan jigi-jigi so‘zi asli qanday ma’noni anglatgan?
“O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” kitobida bu so‘zga shunday izoh berilgan: “Jigi-jigi – erkalash hayqirig‘i. Bolalarning qulog‘ini cho‘zib o‘ynab, jigi-jigi deb erkalash, jigi-jigi qilish. Dostonlarda yorning qahramonga noz-u karashmasini ifodalovchi, har bandning oxirgi misrasi tarkibida keluvchi qiyqiriq, undov so‘z”.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da jigi-jigi undov so‘zi echkilarni chaqirishda qo‘llanadi deyilgan va bu so‘zning yana bir izohi jikjik so‘ziga havola etilgan. Jikjik so‘zi “chumchuqsimonlar turkumining sariq moyqutlar urug‘iga mansub qushcha” deb izohlangan.
Lutfiyda ishlatilgan bu so‘z negadir Navoiyda uchramaydi.
Xullas, juda xalqona, o‘ynoqi jigi-jigi so‘zi chorlash, chaqirish, erkalash ma’nolarida ko‘rinish beradi.

2025-yil 21-noyabrdagi 47-soni


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img60

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129