11.03.2025 | 09:34
10027
Shoir Nazar Shukur tavallud topgan kun
Nazar Shukur 1954-yil 11-mart kuni Qashqadarvo viloyati Chiroqchi tumanida tavallud topgan.
Uning “Koʻkdagi umr” (1984), “Qishloq yoʻllarida“ (1985), “Vaqt xiyobonida” (1992), “Vido” (2004), “Meni kechir, muhabbat” (2005), “Sen qaytmasang” (2006), “Osmon tashbehlari” (2016), “Bahor sogʻinchi” (2021) kabi kitoblari chop etilgan.
Shoir 1985-yil 14-may kuni vafot etgan.
SHOIRNI TUSHUN
Otilsa ortidan ta’nalar toshi,
Xam bo‘lsa ig‘vodan, g‘iybatdan boshi,
To‘g‘on bo‘l, quyilsa ko‘zidan yoshi,
Birodar, zil ketsa, shoirni tushun!
O‘rgatma sen unga zahmatsiz bir yo‘l,
Doim o‘z yo‘lini o‘zi topar ul,
Unga puldorlarning shafqati bir pul,
Baxti chil-chil ketsa, shoirni tushun!
Sen tinmay yashaysan, bola-chaqam deb,
Bolam deb yashar u el-yurt g‘amin yeb,
Nogahon arisa hayotidan zeb,
Sharobga dil ketsa, shoirni tushun!
O‘tmas u birovning qo‘liga qarab,
El haqin har joyda qiladi talab.
Sochiga erta oq qolsa oralab,
Umridan yil ketsa, shoirni tushun!
Bir kunda necha bor tirilar, o‘lar,
Sevinchdan yig‘lar u, dard ila kular,
Bir umr, bir umr yonar-u kuyar –
Bag‘rida kul ketsa, shoirni tushun!
Sevdimi – qaytarma, yo‘lidan qolmas,
Bergan bor pandingta u quloq solmas,
G‘o‘ddaysang, seni ham bir pulga olmas,
Qo‘l siltab yo‘l ketsa, shoirni tushun!
Istasang yo‘liga choh qil, chuqur qil,
Tushirsang, bir nazar sol-da, shukur qil,
Qilmishing oldida o‘yla, fikr qil,
Orzusi tul ketsa, shoirni tushun,
Armoni mo‘l ketsa, shoirni tushun!
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132



