Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.11.2025 | 10:10

img387

SHUKRNOMA

Mulla XUNOB

Xudoga shukr, zap qulay zamonlarga ro‘para bo‘p qoldikmi, Sattor Surob! Ilga­ri – turg‘unlik davrlarida paxta terimdan qochish uchun medpunkt navbatchisidan spravka olishga kechgacha ovora bo‘lardik, esingdami? O‘sha Turg‘un medbrat dumini tutqazmasdan goh tuman markaziga, goh viloyat markaziy shifoxonasiga spravka olishga ketgan bo‘lardi. E, nimasini aytasan, mana, dorilomon kunlar kep qoldi. Spravka, dalolatnoma, ishonchnoma, shahodatnoma, sug‘urtanoma, shikoyatnoma, tasdiqnoma, guvohnoma, garovnoma kabi ma’lumotnomalarni olish cho‘t bo‘may qoldi. Xohlasang, xotinni yubor, bo‘lmasa kenjatoying g‘irillab borib keltirib turibdi-yu.
Xullas kalom, o‘tgan kuni kaminaga notariusdan tasdiqnoma zaril bo‘pqoldi. Xitoy­ga ketayotgan o‘g‘ilchaga nomimdan kafolatnoma kerak ekan: “chjen-pjen, Chayn-mayn, kenjatoyim Marmarqo‘zi devor oshib, o‘ynab kelishiga qarshimasman. Enasi unga ilova, Chayn-mayn”, degan mazmunda. Bir tanishnusxa notarius bor edi Miltiqxo‘ja degan. Shuni raqamini topib, urdim. “Iye, okaxon, qullu bo‘lsin! Shest sekundda yest qilamiz. Yo‘-yo‘, kelishingiz shartamas, telefonda hal qilamiz. Xollasangiz, hoziroq”. Toleyimdan o‘rgilay, qara-ya, ovoragarchilik, sarsongarchilik yo‘q. Telefonda muloqot, videoyozuv, klikdan to‘lov, bo‘ldi, tamom, olam guliston. “Okey, – dedi Miltiqxo‘ja. – Ertaga sakkiz-u o‘n beshda tayyor bo‘ladi. Opketaverasiz. Kstati, navbatchiga ataganingizni qistirib ketarsiz”.
Ertaman xotinboyni yetaklab akang qarag‘ay Sharqshunoslik oliygohining etagidagi yerto‘laga joylashgan notarius tepasiga yetib bordik. Qopqoq taqa-taq berk. Mayli, asosiysi, dimog‘ chog‘, kayfiyat vajang, bu yoqda boshimizdan za’far yaproqlar to‘kilib, har o‘n odimda xazon uyumi tutab, atrofga romantik fayz bag‘ishlab turibdi. Shu fayziyob manzaraga mahliyo bo‘lib, soat o‘n birga yaqinlashganini ham sezmay qopmiz. Birdan xotinning jazavasi tutdi: “O‘n yarimda elchixonada bo‘lishimiz kerak edi, aytuvdim-a, qo‘lingizdan hech balo kelmaydi, nima ishga aralashsangiz pachava deb!” Sattor, o‘zingga tan, shahrimizda nima ko‘p, apteka bilan notarius. Bundoq qarasam, binoning so‘l tomonida yana bir notarius qo‘r to‘kib turibdi. Shart kirdim-u, to‘lovini qilib, hujjatni opchiqdim. Bor-yo‘g‘i, uch soatcha vaqtim bilan yarim mil­yoncha soqqacham ketdi. “Mana, – dedim xotinni tumshug‘iga tirab. – Senga nechta dakiment kerak?” Bechara toza mulzam bo‘lib, tavbalar keltirdi. Sattor, nega yirib qo‘ygan makkaday tirjayasan? Ha, haligi Miltiqxo‘jaga o‘n yetti marta sim qoqdim. Zim-ziyo. Mayli, biror kun uchrab qolsa, kerakli joyiga ataganimni qistirib, hujjatimni olarman. Odam ehtiyotini qilib, zapas variant bilan yashagani tuzuk. Har shaklda bir ishkal deganlariday, elchixonaga kechikib borganimiz sabab, ona-bolaning safari keyingi yilga qoldi. Xayr, bundayam bir hikmat bordir.
Endi, Sattor Surob, ortiqcha shilqimlik aralash “U labzi yo‘q aldoqchi muttaham qay manzilda ekanini bilib qo‘yaylik” deb o‘zingni jinnilikka solma. Bu fikri ojizing ila shoiri oxirzamon Kaliyning “Mehring qalbimga investitsiyadur” degan muhtasham dostonidan bexabarliging oshikor bo‘lib qolmasmu.

Bayt:
Qon yalagan qassobda sabzi bo‘lmas, yaxshilar,
Jon talagan kazzobning lafzi bo‘lmas, yaxshilar.
(Qaralsin: “Tanlangan asarlar” 17-jild, 748-bet. “Topsabosar” nashriyoti. 4-qayta nashr)

Hojatbarorlarni qidirib ham o‘tirma. Hujjat-pujjat zaril bo‘pqosa, senga o‘zlari chiqishadi.

«Jadid» gazetasining 2025-yil 14-noyabrdagi 46-soni


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132