Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.08.2026 | 23:00

img4907

TANLOV YAKUNLANDI

Mamlakatimizda yosh avlodning ijodiy fikrlashi va badiiy tasavvurini kengaytirish, ularning qalbi va ongida Vatanga mehr-u muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi g‘oyalarini keng targ‘ib etish, muqaddas Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sarhisobini ijodkorona tavsiflash hamda milliy qadriyatlarimizni badiiy talqinda namoyon etish maqsadida talabalar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida o‘tkazilgan, qariyb o‘n mingga yaqin ishtirokchini qamrab olgan ushbu tanlov o‘ta qizg‘in ijodiy raqobat ostida kechdi. Taqdim etilgan ishlarni xolis va adolatli baholash maqsadida taniqli shoir va yozuvchilar, malakali pedagog-olimlar, adabiyot va san’at sohasi vakillaridan iborat nufuzli hakamlar hay’ati tuzildi. Uch bosqichdan iborat bo‘lgan saralash jarayonlaridan so‘ng, g‘oliblar aniqlandi.

QUYIDA YAKUNIY NATIJALAR VA G‘OLIBLAR RO‘YXATINI E’LON QILAMIZ:

1-O‘RIN (bir nafar)
Sabohat Husanova – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi (Surxondaryo viloyati).

2-O‘RIN (ikki nafar)
Nigina Hojiqurbonova – Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi talabasi (Xorazm viloyati).
Bayjol Baxit – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi).

3-O‘RIN (uch nafar)
Dilyara Umerova – Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi (Jizzax viloyati).
Laziza Nomozova – Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi (Qashqadaryo viloyati).
Bibijon Saibbayeva – Urganch davlat universiteti talabasi (Xorazm viloyati).

RAG‘BATLANTIRUVCHI O‘RINLAR:
Abror Ahmedov – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi (Qashqadaryo viloyati).
Aysedora Alimova – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi).
Anora Shokirova – Toshkent davlat transport universiteti talabasi (Toshkent viloyati).
Afzalbek Yo‘ldoshev – Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi talabasi (Namangan viloyati).
Gulnozaxon Ne’matova – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabasi (Andijon viloyati).
Jasur To‘qsonov – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi (Sirdaryo viloyati).
Zilola Begimqulova – Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi (Jizzax viloyati).
Ma’murjon Jumanazarov – Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi (Namangan viloyati).
Muborak Hayitnazarova – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi (Surxondaryo viloyati).
Oygul Komilova – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabasi (Farg‘ona viloyati).
Ruksana Jaffer – Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi (Hindiston).
Fotima Qo‘ziyeva – Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi talabasi (Qashqadaryo viloyati).
Shahrizoda Husenova – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi (Samarqand viloyati).
Shahnoza Rayimova – Farg‘ona davlat universiteti talabasi (Farg‘ona viloyati).
Shahnoza Yangiboyeva – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi (Surxondaryo viloyati).


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img96

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img135