Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.04.2024 | 23:36

img944

20-FEVRAL – SHOIR, ADIB TARJIMON, YOZUVCHI MIRZO KENJABEK TAVALLUD TOPGAN KUN

IBODAT

Ibodat ne? Yaratganga itoat ham ibodatdir,

Haqiqiy bandalik birlan sadoqat ham ibodatdir.

Ibodatdir, tiriklikni etolsang maʼrifat bogʻi,

Mashaqqatlik ilm, sanʼat, qiroat ham ibodatdir.

Onang birlan otang qalbi oʻtar Kaʼba tavofidan,

Alar koʻnglini shod etsang, shu xizmat ham ibodatdir.

Xabar oldingmi bemordan,qarindosh, doʻst, musofirdan?

Birovni yoʻqlasang dildan, ziyorat ham ibodatdir.

Umrni etmayin isrof,oʻzing roʻza, vujuding sof,

Agar pok holda uxlarsen,shu rohat ham ibodatdir.

Mudom Allohni zikr etsang,halol boriga shukr etsang,

Qiyomat kunni fikr etsang,tijorat ham ibodatdir.

Butun borliq, nabotot ham Yaratganga etar tasbih,

Bobo dehqon ekib yursa, ziroat ham ibodatdir.

Ibodatdir, biror zolim,jafokorga desang haq soʻz,

Va nodonga sukut qilsang,sukunat ham ibodatdir.

Agar jufti halol birla koʻngilxushlik etar boʻlsang,

Falak shohid, malak hozir, bu suhbat ham ibodatdir.

Bu Islomdir, butun umring ibodat holiga kelgay,

Va ogohlik bilan oʻtgan shu fursat ham ibodatdir.

Tamal – iymonu ixlosdir, bu qullik bandaga xosdir,

Xudo deb qilganing har ish va niyat ham ibodatdir.

Sevib, Mirzo, faqat doʻstlik bilan dillarni obod et,

Agar Alloh uchun sevsang, Muhabbat ham ibodatdir!..

Mirzo Kenjabek


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img173

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img121

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img159