24.07.2024 | 10:34
1324
24-IYUL – SHAVKAT MIRZIYOYEV TAVALLUD TOPGAN KUN
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. 2016-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Jizzax, Samarqand viloyatlari hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1988-yilda “Paxta terish mashinalari sugʻorish agregatlarida ishlayotganda terim uskunalarining texnik barqarorligini taʼminlash” mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan.
1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi.
2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.
2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.
2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildi.
2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.
2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.
2021-yil 24-oktabrda 2-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi.
6-noyabrda inauguratsiya marosimi boʻldi.
2023-yil 9-iyulda 3-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 14-iyulda inauguratsiya marosimi boʻldi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132



