04.10.2024 | 14:53
720
A’zam Oʻktam tugʻilgan kun
Aʼzam Oʻktam 1960-yil 4-oktyabrda Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida tugʻilgan.
Uning “Kuzatish”, “Kuzda kulgan chechaklar”, “Ziyorat”, “Taraddud”, “Ikki dunyo saodati”, “Qirqinchi bahor” sheʼriy toʻplamlari chop etilgan. “Xabar” qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida eʼlon qilingan.

NEGA
Kun uzun, kun issiq — malollar kelur,
Tunlari qop-qora savollar kelur,
Tong chogʻi musaffo xayollar kelur,
Aqlim mening tiniq tortmadi hanuz.
Yetti oq-qorani ajratish oni,
Bu umr, bu oʻlim kimning ehsoni?
Har lahza shu qarzni uzish imkoni,
Bildim, chin sarvatni yigʻmadim hanuz.
Eng ulugʻ soʻzdan-da titramas yurak,
Koʻzimga yosh kelmas — bu nedan darak,
Xalqimga ne berdim vaʼdadan boʻlak,
Ekkan niholim yosh, mevasiz hanuz.
Mahkam bogʻlasam-da rost yoʻlga belni,
Koʻngil ravshan emas, dogʻi bor dilning,
Yurtimni tanidim, bildim-ku elni,
Biroq unutmadim oʻzimni hanuz.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136



