09.04.2024 | 08:42
438
5-APREL – O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI HABIB SA’DULLA TAVALLUD TOPGAN KUN

AGAR SEN…
Agar sen noraso boʻlsang,
Bu olam noraso senga,
Hayotga noravo boʻlsang,
Hayot ham noravo senga.
Bu dunyo kori shundoqkim,
Topursan har ne izlarsan,
Agar sen oshino boʻlsang
Boʻlurlar oshino senga.
Mehr, lutfu sadoqat — doʻstu
Yorlikning buyuk sharti,
Agar sen bevafo boʻlsang,
Ular ham bevafo senga.
Qidirma oʻzgalardan sahv kim,
Sahv ichra botgaysan,
Agar sen sahv etib otsang,
Oturlar bexato senga.
Hayoli, pok odam hargiz
Birovlar ustidan kulmas,
Agar sen behayosan, el
Koʻringay behayo senga.
Seni bu nurli olamga
Nur ulashmokkd keturmishlar,
Agar qalbing basir boʻlsa,
Yorugʻ kun ham siyoh senga.
Yorugʻ kunlar umidida, Habib,
Umring oʻtib borgay,
Shukurkim, yaxshilar mehri
Ravo senga, davo senga.
SIZDAN SADO
Kuldi bahorim Siz tomondan
Shoʻx sabo kelgan kuni,
Ul shoʻx sabo qanotida
Dildor navo kelgan kuni.
Dildor navo bilan bahor
Ogʻushiga olmish meni —
Dildor navo ohangida
Sizdan sado kelgan kuni.
Shu bir shirin sado bilan
Lutf etdingiz Hotam sifat,
Poyiga tillo toʻkdingiz,
Goʻyo gado kelgan kuni.
Goʻyo gado kutgan edim
Shirin sadongiz xasta dil,
Olam munavvardir, mana,
Unga davo kelgan kuni.
Unga davo baxsh etdingiz
Holin soʻrab, donoginam.
Yuz yil uzaydi umri ham
Ahdga vafo kelgan kuni.
Axdga vafosiz hurmati,
Mehri ziyosi hurmati,
Boshimga toj aylay, Habib,
Nozik ado kelgan kuni.
KOʻCHAMDAN JONON OʻTGANDA
Taralgay mushk ila anbar,
Koʻchamdan jonon oʻtganda,
Izida tuproq oʻlgay zar,
Koʻchamdan jonon oʻtganda.
Boshiga soyabon boʻlmoq
Umidida oshib devor,
Butoqlar taʼzim aylarlar,
Koʻchamdan jonon oʻtganda.
Devorga jon ato etgay,
Vale toshlar erib ketgay,
Agar bir bor nigoh aylar
Koʻchamdan jonon oʻtganda.
Jamolini tamosho qilgʻali
Chiqqach, devor oʻlsam,
Kular holimga majnunlar,
Koʻchamdan jonon oʻtganda.
Boshimga yogʻsa ham gʻavgo,
Ishim yoʻl poylamoq, ammo
Nigoh solmay etar battar
Koʻchamdan jonon oʻtganda.
Tikibsan yoʻlida jonni,
Habib, bas, noumid boʻlma,
Tun ortidan kelur kunlar,
Koʻchamdan jonon oʻtganda.
OʻRTAMIZDA
Qolsa derdim oʻrtamizda zora gap,
Boʻldi-ku el ichra, yor, oshkora gap.
Bilmayin bir kun dahandan chikdi-yu,
Har qulokda yangradi nogʻora — gap.
Bitta nozik gap edi ul aslida,
Har ogizda shishdi-ku, bechora gap.
Sizni oppoq ayladi yurt ichrakim,
Bizni qilmish, voajab, qop-qora gap.
Ne ajab, boʻlmish gʻanimlarga qurol,
Etgali oshiq dilim sadpora gap.
Dilda turganda muqaddas ganj edi,
Tilga chiqqach, etdi koʻp ovora gap.
“Gap”ni yozdim gapchidai bezor boʻlib,
Qolsa endi oʻrtamizda zora gap.
Habib Sa’dulla O‘zbekiston xalq shoiri
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
146
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
110
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
149



