Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.05.2025 | 09:32

img506

JONBAXSH KUY ORZUSIDA

Shoir she’r yozmaydi, ko‘ngil yozadi. Uning olamida:

“Boshdan oyoq ho‘l bo‘lgan daraxt
Novdasidan gul toshar bo‘rtib.
Maysalarning ustidan oftob
Barmoqlarin olar yugurtib”.

Yana uning olamida “oy – siymtan”, “Yulduzlarning chanoqlari chaqilgan”, “Baxtning darvozasi gullar zangori”, “Quyosh qo‘llarini o‘pgan tunlarning Bag‘rida qayg‘ular yashamas, o‘lgan…”

Chin shoirlar “Bir jonbaxsh kuy orzusida” “qamish poyasidan nay yasamoq” istaydi. “Va ilohiy borliq haqida xonish qilar oshiq hofizlar” kabi.

Shoir Avliyoxon Eshonning navbatdagi – “Ochun” kitobi “Muharrir” nashriyoti tomonidan chop etilib, she’riyat shaydolari qo‘liga yetib bordi. Kitobni mutolaa qilar ekansiz, muhtasham simfoniya tinglagan kabi huzur topasiz.

Bu she’riyat boshqalarnikiga o‘xshamas, o‘ziga xos. Zo‘riqib topilgan tashbehlar, yasama o‘xshatishlar, jimjima so‘zlar ustoz tabiatiga ham, she’rlariga ham begona. Shundan har bir so‘z, har misra kitobxonga tuyg‘ular barobarida shoir shaxsini tanitadi, shundan misralar ichra biror begona satr topmaysiz.

“Tong olib keladi hovuchida baxt –
Har bitta yurakda eriydi muzlar.
Umrida ilk marta gullagan daraxt
Shoxida yuzlarin yuvar yulduzlar”.

She’r shirasi uning tabiiyligida. Avliyoxon Eshon ijodi mubolag‘asiz shirali, tabiiy. “Ochun” fikrimiz tasdig‘i. Unda bir inson ruhining buyuk Robbisiga bandi sevgisi mujassam. Ishqi ilohiyga oshiq ko‘ngilning havoda uchayotgan yaproq kabi manzur xiromi, mayin yog‘ayotgan yomg‘irday musallam qo‘shig‘i bor.

“Ulkan ko‘zgu, soya bo‘ldim,
Ochun yo‘qdir – Ochun bor.
Dil ko‘ziga toshlar otgan
O‘z tanamda o‘chim bor”, – deydi u.

“Ochun” – insoniy sevgining ham, rabboniy muhabbatning ham benazir tasvirlari. Ishonamiz, bu kitob javoningizda shunchaki qolib ketmaydi, qayta-qayta qo‘lga olasiz, sog‘inib-sog‘inib o‘qiysiz. Adabiyot muhiblariga “Ochun” muborak bo‘lsin! Zero, muallif yozganidek, “Shoirning she’r ichiga sochib yuborilgan asl tarjimayi holini o‘qish g‘oyat maroqlidir”.

Muhayyo RUSTAM qizi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-maydagi 19-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333