Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.05.2025 | 09:14

img562

TARIX CHARXPALAGIDA BIR BUTUN MAKON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Arda Xiva” xalqaro turizm markazining ochilish marosimida so‘zlagan tantanali nutqida ta’kidlanganidek: “Amudaryoning ikki sohilida joylashgan Xorazm va Qoraqalpog‘iston elini Xudoyi taoloning o‘zi taqdirdosh qilib yaratgan. Bu ikki qo‘shni hududning tarixi, madaniyati va urf-odatlarini bir-biridan alohida tasavvur qilib bo‘lmaydi”. Bu asosiy yaqinlik uzoq tarixiy jarayon natijasida vujudga kelgan. Ushbu hududlar qadimgi Xorazm, Xorazmshohlar davlati, keyinchalik esa Xorazm xonligi tarkibida bo‘lgan. Arxeologik topilmalar, lingvistik tadqiqotlar va etnografik ma’lumotlar xorazmliklar va qoraqalpoqlar o‘rtasidagi tarixiy yaqinlikni, mustahkam aloqalarni, moddiy va ma’naviy madaniyatning ko‘plab umumiy jihatlarini tasdiqlaydi.

Xorazm qadimgi davrlardanoq Markaziy Osiyoning madaniyat markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu hududdagi davlatchilik an’analari, jumladan, afrig‘iylar, xorazmshohlar sulolasi, saljuqiylar va keyinchalik Amir Temur va shayboniylar davridan qolgan yodgorliklar bu yerning boy tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. Mazkur submintaqa Amudaryoning quyi oqimida joylashgan bo‘lib, qadimdan Xorazm vohasi deb nomlangan. Uning atrofini cho‘llar va dashtlar o‘rab turgan bo‘lsa-da, Amudaryo tufayli hosildor va hayotbaxsh maskanga aylangan. Ilk shaharsozlik va sug‘orma dehqonchilik ana shu yerda shakllangan.

Hozirgi Qoraqalpog‘iston hududi esa Xorazm vohasining ajralmas bir qismi sifatida asrlar davomida Xorazm madaniyati, tili va tarixiy jarayonlari bilan mushtarak rivojlanib keldi. Qoraqalpoqlar turkiy xalqlar orasida o‘zgacha o‘rin tutadi. Muhammad Amin inoq davrida (1755–1790) qoraqalpoq urug‘larining Amudaryo deltasining sharqiy qismidagi Ko‘ko‘zak va Orol o‘rtasidagi yerlarga joylashuvi, shuningdek, Muhammad Rahimxon I (1806–1825-yillar) davrida Amudaryo quyi deltasidagi hududlarga tarqalishi ularning bu yerlardagi turli etnik guruhlar bilan munosabatlarini mustahkamlab, madaniy-ma’naviy qadriyatlarning uyg‘unlashib borishiga xizmat qilgan. Ular Amudaryo vodiysida yashab, o‘z milliy urf-odatlari, tili va san’ati bilan Xorazm hayotida faol ishtirok etib keldilar.

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tarixi, madaniyati va geografiyasi o‘zaro chambarchas bog‘langan. Xususan, umumiy sug‘orish tizimlari, suvni boshqarish an’analari, savdo aloqalari, oilalar o‘rtasidagi nikohlar mintaqani birlashtiruvchi asosiy omil bo‘lib kelmoqda.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston va Xorazmni qamrab olgan mana shu hudud o‘zining tarixiy ahamiyati bilan ajralib turadi. Buning isboti sifatida Tuproqqal’a, Ayozqal’a va Qo‘yqirilganqal’a kabi tarixiy yodgorliklar misol bo‘la oladi. Ular umumiy madaniy ildizlarni, yagona madaniy makonga mansublikni ko‘rsatib beradi.

Madaniy jihatdan ham bu ikki hudud o‘zaro yaqin. Musiqiy meros, xalq og‘zaki ijodiyoti, milliy liboslar, oshxona an’analari va turmush tarzidagi yaqinliklar mazkur hudud uzviy bir butunlikda rivojlanganligini isbotlaydi.

Masalan, Xorazm va qoraqalpoq folkloridagi dostonchilik an’analari bir xil tarzda shakllangan. “Alpomish”, “Farhod va Shirin”, “Go‘ro‘g‘li” kabi epik asarlar har ikki hudud aholisi orasida keng tarqalgan va ularning ijrochilik san’atida ham umumiylik bor. Shuningdek, milliy qo‘shiqlar va maqom an’analaridagi yaqinliklar ham ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, bu hududlar Xorazm sivilizatsiyasining markazi bo‘lib, miloddan avvalgi davrlardan Islomning Oltin asrigacha ko‘plab davlat va imperiyalar tarkibida bo‘lgan. Ayniqsa, Xiva xonligi bu hududning madaniy birligini to‘liq namoyon etgan.

Amudaryoning ikki sohilida joylashgan bu hududlar asrlar davomida suv va tuproq resurslari orqali o‘zaro bog‘langan. Amudaryo nafaqat hayot manbayi, balki madaniyat va iqtisodiy aloqalarning asosiy qon tomiri sifatida xizmat qilgan.

Xorazm va Qoraqalpog‘iston iqlimi, flora va faunasi yagona ekotizimni tashkil etadi. Shuningdek, So‘g‘ay, Ustyurt, Qizilqum kabi keng sahrolar va ko‘llar – bu hududlarning tabiiy qiyofasini belgilab beruvchi asosiy omillardir.

Ushbu submintaqaning geografik yagona tizim sifatida qaralishi, ayniqsa, suv xo‘jaligi va ekologik masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Xorazm va Qoraqalpog‘istonda ekologik muammolar – xususan, Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yagona yondashuv asosida ish olib borilmoqda.

So‘nggi yillarda submintaqada o‘tkazilayotgan madaniy festivallar, ilmiy tadqiqotlar va merosni saqlash loyihalari mazkur hududni yagona madaniy makon sifatida tiklashga xizmat qilmoqda. Bu sa’y-harakatlar nafaqat madaniy tiklanishga, balki iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka ham hissa qo‘shayotir.

Shuni unutmaslik kerakki, hududiy birlik gomogenlikni emas, balki xilma-xillik ichidagi uyg‘unlikni anglatadi. Qoraqalpoqlar o‘z urf-odatlari, tili va etnik o‘zligiga ega bo‘lgan holda, xorazmliklar ham o‘z shevalari va shahar madaniyatini saqlab kelmoqda. Bu xilma-xillik umumiy tarix va hayot tarzi asosida uyg‘unlikka erishgan.

Xulosa qilib aytganda, Xorazm va Qoraqalpog‘iston tarix, madaniyat va geografiya jihatidan yagona makon sanalishi ilmiy jihatdan aksioma desak mubolag‘a emas. Arxeologiya, lingvistika, og‘zaki an’analar, siyosiy tarix va zamonaviy ijtimoiy amaliyotlar barcha chuqur ildiz otgan bog‘liqlikni ko‘rsatmoqda. Bu birlikni taniy olish va himoya qilish  nafaqat ilmiy, balki umummilliy ahamiyatga ega. Mamlakatimiz o‘zining milliy o‘zligini va meros siyosatini rivojlantirayotgan bir paytda, xalqimizning haqiqiy kuchi uning buyuk o‘tmishida va Yangi O‘zbekistonning yorqin kelajagi sari og‘zibirchilik bilan intilishida yaqqol namoyon bo‘lyapti.

Bahrom ABDUHALIMOV,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori

“Jadid” gazetasining 2025-yil 23-maydagi 21-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img84

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img599

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img597