12.11.2026 | 14:31
584
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik.

Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, xalq “bir yumaloq” deydigan çoy qutisiga aytilardi: “Ikki aşmuşka çoy bering”, “Qizim, çoy tugabdi, dökondan bir yumaloq çoy olib kel”. Hozir eng kiçik çoy qadoği – paketçali çoy bölib, bir-ikki gramm atrofida çiqadi. “Aşmuşka” degani “osmuşka” – “vosmuşka”ning buzib aytilişi bölib, “sakkizdan biri” degan ma’noni bildiradi. Ellik gramm sakkizga köpaytirilsa, 400 gramm oğirlik birligi kelib çiqadi. Xuddi şuningdek, “çirpit” degan siğim ölçovi “çetvert” – “törtdan biri” degani. Siğim ölçovi litrda ölçansa, demak, bu “çorakta”, ya’ni, 250 millilitrni bildiradi. Buni yana “çekuşka” ham deyişgan. Ergaş Karimovning qahramoni “Uçraşuv” filmida: “Şuning örniga otang bir çirpit musallas bervormaydimi?!” deya kuyingan joyi bor.
Oğirlik, uzunlik va siğim ölçovlari – turmuşda juda köp qöllanadigan ölçovlar. Ular turli joylarda va zamonlarda turliçadir. Ğarbda kilogramm yoki metr emas, yard, fut, milya, dyum, funt, gallon kabi ölçov birliklari borki, xalqaro metrga asoslangan ölçov birliklari qöllanadigan joydan borib qolganlar nima-qançaligini bilolmay qiynaladi.
Bu farq tarixiy va bugungi atamalar orasida ham közga taşlanadi. Şoir Muqimiyning “Tanobçilar” şe’ri qahramonlari bölgan Xöja va Hakimjonning tanobçilik kasbi ham köpçilikka notaniş. Tanob ötmişda yer ölçovi, xuddi sotix kabi yer sathi ölçami bölgan. Tanob çöpining bir qadami şartli ravişda 2,5 metrga teng deyilsa, ayrim firibgar tanobçilar çöpning orasini xohlasa uzaytirib, xohlasa qisqartiriş orqali qölga kirgan aqçalar evaziga çoyxonada oş yeyişgan:
Oş yesalar örtada sarson ilik,
Xöja çiroq yoğiyu Hakimjon – pilik!
Uzunlikni ölçaşda gaz, arşin, qariç degan ölçovlar işlatilgan. Gazçöpda ölçangani uçun mato gazlama deya atalgan. Eski arşin yoki gaz bir metr emas, sakson santimetrlar atrofida bölgan.
Et-göşt bilan boğliq ölçov – qadoqni olib köraylik. Qadimda şahar xalqi sovutkiçlar bölmagani yoki çöntak kötarmagani uçun göştni kilolab emas, qadoqlab xarid qilgan. Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” romanida Homid yonidan pul çiqarib: “Jannat opa, qassobdan bir çorak et keltirsangiz”, deydi-yu qaysi ölçovdaligini aytmaydi. Çunki göşt xarid qiliş ölçamiga örganib ketişgani uçun qançaligi söralmaydi. Bir çorak degani hozirgi yarim kiloni anglatgan.
Qassobdan et sotib oliş kundalik turmuş masalasi bölib qolmay, gap-sözlar, hazil-huzullarga ham maza bergan. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan çayon” romani ham aynan göşt xarid qiliş manzarasi bilan boşlanadi: “Solih maxdum bu kun odatdagidan taşqari yeşilib ketdi, masjiddan çiqib töğri qassobning oldiğa bordi, bir tangalik göşt, sakkiz pullik piyoz olib hovlisiga keldi…” Qodiriy yangi romaniga doxil materiallarni yiğib, uni yozişga hozirlik körgan payti gapni nimadan boşlaşni bilmay, unday ham, bunday ham boşlab körib, keyin öziga yoqmay, yangidan kirişar ekan. Biror haftalardan keyin tuşiga Solih maxdum kirganmiş-da, qölida qassobdan sotib olgan göştni körsatarmiş… Ha, yesang tişingga kiradi, yemasang tuşingga, deganlari şu-da.
Olloyor BEGALIYEV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
27
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
118
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
310



