30.05.2025 | 10:37
10564
O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavallud topgan kun
Mirtemir Tursunov 1910-yil 30-may kuni Turkiston shahri yaqinidagi Eski Iqon qishlog‘ida tug‘ildi.
“Shu’lalar qo‘ynida”, “Zafar”, “Qaynashlar”, “Kommuna”, “Tong”, “Kipriklarim”, “Yodgorlik”, “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to‘yida”, “Surat” dostonlari va “Qoraqalroq daftari” kabi she’riy to‘plamlari bilan o‘zbek she’riyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta o‘rin egallaydi.
1979-yil Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti, 1977-yil Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti laureati, 2002-yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

* * *
Roziman, rizoman, o‘la-o‘lguncha
Xalqim deb o‘ldim.
Xalqim nima bo‘lsa, men o‘sha bo‘ldim,
Yuragim, bo‘g‘ilma, o‘rtanma buncha!
O‘zimga xiyonat qildim-u aksar,
Xalqimga xiyonat o‘ylagani yo‘q.
Mening yuragimni teshib o‘tdilar
Xalqimga otilgan talay-talay o‘q.
Qancha yo‘llar bosdim, gohida toldim,
Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard.
Faryod solar chog‘da jim bo‘la oldim,
Xalqim dardi edi dil o‘rtagan dard.
Xalqim etagida yetdim voyaga,
Xalq bilan kuldim.
Bardoshim so‘z bermas, deyman, qoyaga…
Roziman, o‘lguncha xalqim deb o‘ldim.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143



