10.06.2024 | 12:28
643
MIRTEMIR, O‘zbekiston xalq shoiri

* * *
Roziman, rizoman, o‘la-o‘lguncha
Xalqim deb o‘ldim.
Xalqim nima bo‘lsa, men o‘sha bo‘ldim,
Yuragim, bo‘g‘ilma, o‘rtanma buncha!
O‘zimga xiyonat qildim-u aksar,
Xalqimga xiyonat o‘ylaganim yo‘q.
Mening yuragimni teshib o‘tdilar
Xalqimga otilgan talay-talay o‘q.
Qancha yo‘llar bosdim, gohida toldim,
Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard.
Faryod solar chog‘da jim bo‘la oldim,
Xalqim dardi edi dil o‘rtagan dard.
Xalqim etagida yetdim voyaga,
Xalq bilan kuldim.
Bardoshim so‘z bermas, deyman, qoyaga…
Roziman, o‘lguncha xalqim deb o‘ldim.
* * *
Ko‘zingni o‘ynatma, kulma, qarama,
Nozli nigohlaring kerakmas sening.
Bog‘lab olarman, deb endi o‘ylama…
Tortgan u “oh”laring chin emas sening.
Ko‘p kunlar sudrading tusmol yo‘llarda,
Men-da tilsizlarcha ergashdim-ketdim.
Adashgan ekanman, bilsam, cho‘llarda,
Mana endilikda tushunib yetdim…
Tushundim: u totli xayollar – xayol,
Aldanmas bu yurak shirin so‘zingga.
Yo‘qol, ey aldamchi, yondashma, yo‘qol,
Termulish yo‘q endi orsiz yuzingga!
Jilmayma, qarama, so‘zlama menga,
Eski afsonani kuylama menga……
“Jadid” gazetasi | 2024-yil 7-iyun | 24-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



