03.06.2025 | 09:02
617
KITOBSEVAR TADBIRKOR
Yodimda, yulg‘unzorda mol, qo‘y boqib yurardim. Qo‘limda kitob. Fikr-u xayolim asar qahramonlarida. Ba’zan kitobga asir bo‘lib, mol yo qo‘y qayoqqa ketganini bilmay qolardim. Keyin… zir yugurib qidirardim. Shu alfozda yuzlab kitob o‘qidim.

Bu o‘quvchilik paytimdagi gaplar. U vaqtlar kitob ko‘p bo‘lganmi yo hamma kitob o‘qirmidi, bilmadim. Bitta rayonda o‘rta hisobda 20 ta kolxoz, 80 ta maktab bo‘lsa, jami 100 ta kutubxona bo‘lgan. Keyinchalik kolxozlarga qo‘shilib, ularning boy kutubxonalari ham yo‘q bo‘lib ketdi. To‘g‘ri, maktab kutubxonalari saqlab qolindi. Aniqrog‘i, ularning bari qayta tashkil etilgani bois kitob fondlari ham ancha g‘ariblashdi.
Bu orada tumanga o‘nlab hokim, prokuror kelib ketdi. Ne bir amaldorlar almashmadi. O‘zini ma’naviyat sohasining piri deb e’lon qilganlar bo‘ldi. Hatto kutubxona uchun hokimiyatdan joy so‘rab, ajratilgan yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanganlar ham uchradi. Ammo hech kim kitob haqida, hududdagi zamonaviy kutubxonalar-u kitobxonlikning bugungi ahvoli haqida deyarli o‘ylab ko‘rmadi. Aholi u yoqda tursin, o‘z bolasiga kitob sotib oladiganlar kamyob bo‘lib qoldi.
Bu holat xalq deputatlari Denov tuman kengashi deputati, tadbirkor Islom Xudoyberdiyevning diqqatini tortdi. Tadbirkor dastlab 18 ming kitob fondiga ega “Chag‘oniyon” kutubxona markazini bunyod etdi. So‘ng tumandagi 10-ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda 69-, 90-maktablarning kitob fondini boyitdi. Hududdagi 82-maktabda “Usmon Azim” kutubxonasini ochdi. Bundan tashqari, u taqdir taqozosi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumaniga borib qoldi va u yerda ham “Termiziylar kutubxonasi”ni tashkil etdi. Kuni kecha esa u o‘zi o‘qigan 17-maktabda yana bir kutubxonani foydalanuvchilar ixtiyoriga topshirdi.
– Bu tadbirkor tomonidan aholiga tuhfa qilinayotgan to‘rtinchi kutubxona, – deydi falsafa fanlari doktori Ra’no Salomova. – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti kutubxonasini shakllantirishda ham u kishining hissasi katta. Minglab kitoblarni o‘z hisobidan xarid qilib, kutubxonalar ochgan odamda yuksak saxovat, jadid bobolarga maslakdoshlik hissi bo‘lishi kerak.
Aytgancha, bu yil 17-maktabning tashkil topganiga yuz yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov ta’lim dargohida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi. Yangi kutubxonani ko‘zdan kechirdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi vakillari, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, maktab jamoasi va ota-onalar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar ma’rifatparvar tadbirkor Islom Xudoyberdiyevga xayrli tashabbusi va himmati uchun minnatdorlik bildirishdi.
Shuhrat AZIZOV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 30-maydagi 22-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
329


