09.06.2025 | 16:54
521
ERK
(Dostondan parcha)
Chingizxon lashkari Urganch qamalida asirlardan jonli qalqon sifatida foydalanadi. Shahar muhofizlari dushmanning ilg‘orida “jonli qalqon” – qo‘l-oyoqlariga tushov urilgan o‘z birodarlarini ko‘rgach, kamondan o‘q uzishni ham, uzmaslikni ham bilmay qolishadi. Shunda asirlar ikkilanmay otaverishni, yog‘iy hiylasiga uchmaslikni so‘raydilar.

Oqshom hali yoymagan parda,
Ko‘kka zulmat inmagan hali.
Nur sirg‘alar hali tog‘lardan,
Quyosh butkul so‘nmagan hali.
Kapalaklar qobig‘in yorib,
Raqs tushmoqda bog‘larda ozod.
Ular bilan o‘ynayin borib,
Ot, Murodjon, Musulmonqul, ot!
Yodingdami, ovga chiqqan dam
O‘lja poylab turardik qoyim.
Ilvasinni ataylab sendan
Bir dona ko‘p otardim doim.
Ol, ko‘ksimdan ushbu azobni,
Tushun, axir, ey odamizot,
Tenglashtirish kerak hisobni –
Ot, Samandar, Sultonmurod, ot!
Shudir urush bitgan qoida,
Yo o‘ldirmoq va yo o‘lmoqdir.
Eng yomoni – dushman poyida
Yurtga eltar narvon bo‘lmoqdir.
Qachonlardir bu kunni vatan
Gʻurur bilan etsin desang yod,
Qutqargin bu yuzqarolikdan,
Ot, Rahimboy, o‘tinaman, ot!
Hifzga muhtoj lolalar haqqi,
Munchoq ko‘zli bolalar haqqi,
Ko‘ksi kuyib ado bo‘lgan-u,
Lek qaddi tik onalar haqqi,
Singillarning ko‘zidan tomgan
Marjon-marjon donalar haqqi,
Yonsa faqat visoldan yongan,
O‘t ko‘rmagan xonalar haqqi,
Jonim bilan berayin jon, ot,
Tilanmoqda ruh-u zabon, ot.
Titramasin qo‘llaring, Elbek,
Ot, Jo‘raqul, Jo‘rasulton, ot!
El yovga qul bo‘lmasin deb ot,
Zamin qonga to‘lmasin deb ot.
Ot, Ko‘kaldosh, shu emikdoshim
Tiriklayin o‘lmasin deb, ot!
Urganch askarlari teskari qaragan holda ko‘zlarida yosh bilan o‘q uzadilar.
Iftixor XONXO‘JAYEV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 6-iyundagi 23-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596