Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.06.2025 | 16:09

img330

HUNARSIZ ITNING ISHI

Har bir kuzatuvchi kishi kulgi o‘zi bir mastlik ekanini, har bir mast odamdan g‘aflat o‘tishini ham, mast so‘zlagan paytda bosh og‘ritishini bilishi kerak. Shunday bo‘lganda, kulgiga berilgan kishi na ishdan, na aqldan, na biror uyat keltiradigan ishdan xoli, g‘aflat o‘tkazib o‘tirsa kerak. Shunday g‘aflatni o‘tkazib, o‘lmagan kishining na dunyoda, na oxiratda boshi bir og‘rimay qolmasa kerak.

G‘am-tashvish bilan o‘ylovchi kishi dunyo va oxirat ishlariga boshqalardan ko‘ra ziyrakroq bo‘lishi kerak. Har bir ziyraklikning oxiri xazina bo‘lishi kerak. Endi shunday bo‘lganda, doimo g‘am-tashvish bilan yura olamizmi? Doimo kulmasdan yurishga jon chidaydimi? Yo‘q, men doimo g‘am-tashvish bilan bo‘l demayman. G‘am-tashvishsizligingga g‘am-tashvish qil-da, o‘sha g‘am-tashvishsizlikdan qutulish uchun o‘rinli harakat topish kerak. Har bir o‘rinli harakatning o‘zi ham g‘am-tashvishni kamaytiradi, o‘rinsiz kulgi bilan kamaytirib o‘tirma, o‘rinli harakat bilan kamaytir!

Chiqish yo‘lini topolmay, g‘am-tashvishga botib, qamalib qolish – bu ham bir pastkashlik. Har bir yomon odamning xatti-harakatidan kulsangiz, unga zavq bilan kulmang, g‘azabdan kuling, g‘azablangan kulgi ham qayg‘udir. O‘zingiz ham har doim bunday kulgiga berilmaysiz, agar har bir yaxshi odamning yaxshilik topganidan zavqlanib kulsangiz, uning yaxshilikni yaxshilik orqali topganidan ibrat olib kuling. Ibrat olish mastlikka yo‘l qo‘ymaydi, vaqtida to‘xtatadi. Men hamma kulgini maqtamayman, lekin shunday kulgi borki, u Xudo yaratgan joyidan – ichdan, ko‘krakdan, yurakdan kelmaydi. Aksincha, bu sun’iy ravishda yasalgan, yuz-ko‘zini tashqi tomondan bezab, kulgining ohangini yasama qilib, go‘zallik uchun kuladigan yasama kulgidir.

Inson yig‘lab tug‘iladi, afsuslanib o‘ladi. Ikki o‘rtada, bu dunyoning lazzati qayerda ekanligini bilmasdan, bir-birini poylab, bir-biriga maqtanib, qimmatli umrni e’tiborsiz, behuda, yaroqsiz xatti-harakatlar bilan behuda o‘tkazadi va umri tugagach, butun mol-mulki evaziga sotib olish uchun bir kunlik hayotni topa olmaydi.

Makkorlik qilish, ko‘z suzib, tilanchilik qilib, odamni aldash bu – hunarsiz itning ishi. Avvalo, Xudoga sig‘inib, keyin o‘z kuch-g‘ayratingizga tayanib, mehnatingizni sog‘lom qilsangiz, qora yer ham beradi, quruq qoldirmaydi.

Abay QO‘NONBOYEV


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604