20.06.2025 | 17:22
740
ELCHI YARASHTIRADI…
Tilimizda odamlar bilan tez chiqishib ketadigan, kirishimli insonlarga nisbatan “el bo‘lmoq” iborasi ishlatiladi. Undagi “el” so‘zi qanday ma’noni anglatishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

Men bu so‘zni xalq ma’nosidagi “el”ning aynan o‘zi bo‘lsa kerak deb yurardim. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida “el” so‘zining bir qancha ma’nolari keltirilib, ular orasida “Ikki shoh orasidagi kelishuv, yarashuv” izohi e’tiborimni tortdi. Demak, O‘zbek tilining izohli lug‘atida “bir suveren davlatning boshqa bir suveren davlatdagi diplomatik vakillarining eng katta martabasi, unvoni va shu unvonga ega bo‘lgan shaxs; shoh tomonidan biror topshiriq bilan yuborilgan kishi” deya izohlangan “elchi” so‘zining o‘zagi, katta ehtimol bilan aynan mana shu – “kelishuv va yarashuv” ma’nosidagi “el”dir.
Haqiqatan ham, o‘ylab qarasak, “odamlarga el bo‘lish” – ular bilan kelishib ketishni bildiradi.
Shavkat Rahmatullayevning “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”ga ko‘ra esa, “elchi” so‘zi “qadimgi turkiy tilda “el” otining “davlat” ma’nosidan –chi qo‘shimchasi bilan yasalgan: el+chi=elchi.
Albatta, “el” so‘zining “davlat” ma’nosini ham, keng tarqalgan “xalq” ma’nosini ham inkor etib bo‘lmaydi. Chunki “el bo‘ldi” degani – “xalqqa qo‘shildi” degani hamdir.
Qaysi ma’noni olmang, bu – ona tilimizning qanchalar boy va jozibador ekaniga dalil bo‘laveradi.
Elmurod NISHONOV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 13-iyundagi 24-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333