27.06.2025 | 12:24
992
OTNING MAYKASI – TERLIK
Otning tanasidan chiqqan terni o‘tkazmaslik uchun egar va bellik ostidan qo‘yiladigan qalin namat yoping‘ichni tilimizda tergi deyishgan. Bellik degani otning belini egar urmasligi uchun bel cho‘qqisining ikki yonboshidan qo‘yiladigan kigiz mato.

Tergi – qadimiy so‘z. Uning shevalarda chirgi shakli ham bor. Lekin “Alpomish” dostonining izohli lug‘ati”da chirgi so‘ziga terlikdan keyin ot ustiga tashlanadigan yopinchiq deb izoh berilgan.
Shul zamonda soldi otning ustiga,
Zarli-yu zarbobdan bo‘lgan chirgini.
(“Alpomish”dan)
Mahmud Koshg‘ariyda bu so‘z terlik shaklida keladi va shunday izohlanadi: terlik – jazlik, egar ostidan qo‘yiladigan namat. Demak tergi yoki terlik оtning maykasi ekan-da.
Tilimizga rus tilidan kirgan erkaklarning ichki kiyimini bildiradigan mayka so‘zining o‘zbekchasini topishga qiynalamiz. Hamma bir ovozdan mayka deydi. O‘zbek tilida bu so‘zni ifodalaydigan biror so‘zni topib bering desangiz, javob ololmaysiz. Aslida tergi, terlik so‘zlari mayka o‘rnida bemalol qo‘llansa bo‘ladi. Chunki mayka ham badandagi terni ustki kiyimlarga o‘tkazmaydi. To‘ra Nafasov Qashqadaryo hududida ko‘p qo‘llanadigan terchil so‘ziga ”Badandagi terni tez shimib, so‘rib oladigan kiyim, buyum” deb izoh bergan. Terchil ham maykaning o‘zginasi emasmi?
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 20-iyundagi 25-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
114
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333
