Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.06.2025 | 15:00

img1481

SHAMAYGA BORGAN OTABEK

“Manas”ga hujum bo‘lganida Muxtor Avezov jonini o‘rtaga qo‘yib: “Qirg‘iz xalqining hayotidan “Manas” yulib olinsa, butun xalqning tilini kesib olgan bo‘lamiz”, degan genial fikrni aytadi. “Manas”ni avaylab-asrashda, saqlab qolishda Muxtor Avezov chin jonkuyar ziyoliga xos bebaho tarixiy xizmat qildi.

XX asrning 50-yillari o‘rtalarida sobiq Ittifoq tepasida o‘tirgan millatparvarlar qotili vafotidan keyin Abdulla Qodiriyning oqlanishida qaysidir ma’noda Muxtor Avezovning o‘z vaqtida bildirgan maslahati hal qiluvchi turtki bo‘lgan. Bu to‘g‘rida o‘zbek adabiyotining atoqli nazariyotchisi Izzat Sulton yozadi: “Abdulla Qodiriyni oqlash masalasini birinchi bo‘lib Moskvada Muxtor Avezov ko‘targan edi”. O‘zaro suhbatda Avezov bu ishni nimadan boshlash haqida yaxshi maslahat bergan: “Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanida Rossiyaning Sharqqa nisbatan progressiv rol o‘ynaganini birinchi bo‘lib ko‘rsatdi: Otabekning Shamayga sayohati haqidagi hikoyasida bu fikr yaxshi ifoda etilgan. Qodiriyni reabilitatsiya qilish uchun harakat boshlang va mana shuni dastak qilib oling”.

Bu gaplar aytilgan mahalda Rossiyaning Sharqqa nisbatan ijobiy roli har jihatdan bo‘rttirib ko‘rsatilar edi. Shu sababli reabilitatsiyaning ijobiy natijasi uchun ishni Qodiriyning xizmatini namoyish etishdan boshlash ayni murakkab sharoitda missiyaning muvaffaqiyatini ta’minlovchi faktor bo‘lib qoldi. Muxtor Avezov o‘ziga ustoz deb bilgan adib qismati uchun qayg‘urishi, uning nomi va asarlarini oqlash borasida kuyinib yo‘l ko‘rsatishi, jonbozligi va jasorati aslo unutilmasdir.

Aytgancha, Chingiz og‘a bilan Muxtor Shoxonovning yuqorida tilga olingan kitobida yana bir diqqatga sazovor epizod bor. Muxtor Shoxonov yoshlik, yigitlik pallasida Muxtor Avezovga havaslanib qaraganini eslaydi: “Qanday gapiradi, qanday yuradi – hammasi diqqatimizni tortadi. U xursand bo‘lib ketgan chog‘larida burnining uchini chimdib-chimdib qo‘yardi”. Adibning individual tabiatiga xos bir odati shunaqa ekan-da. Muxtor og‘a yana eslaydi: “Esimda, Chimkent pedagogika institutida sirtdan tahsil olib yurgan vaqtimda Odil Yermekboyev degan o‘qituvchimiz bo‘lardi. Ajablanadigan joyi shundaki, u Muxtor Avezovning “Abay yo‘li” epopeyasini boshdan oxirigacha yoddan bilardi”.

Bu juda muhim bir xotira va fakt. Chunki Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani yozilgan pallada uni davra-davra bo‘lib odamlar navbatma-navbat tun uzog‘i o‘qishadi, ayni damda adib zamondoshlari orasida romanni yod olganlari ham bor edi. “O‘tkan kunlar” bilan “Abay yo‘li” romanlari tarixida bunday ibratli va oydin sahifalar ko‘p, albatta. Qolaversa, o‘zbek va qozoqlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlariga roman qahramonlarining ismlarini qo‘yishlariga ham Abdulla Qodiriy va Muxtor Avezovga bo‘lgan ehtirom ramzi o‘laroq qarash o‘rinlidir.

* * *

Muxtor Avezovning ta’lim va tahsili Toshkent muhiti bilan ham bog‘liq. U SAGUda – O‘rta Osiyo davlat universiteti aspiranturasida ta’lim oladi (1928–1930), o‘quv muassasalarida ma’ruzalar o‘qiydi. Dastlabki bir qancha asarlarini Toshkentda yozadi. Abdulla Qodiriy, Oybek, Gʻafur Gʻulom, keyinchalik Izzat Sulton, Vohid Zohidov, Asqad Muxtor kabi o‘ziga davrdosh bo‘lgan ziyoli adiblar bilan do‘stlashadi. Ularning asarlarini o‘qib, albatta, munosabat ham bildiradi: “Shonli o‘zbek nasrining ilk davrida Ayniy ijod qilardi. Yigirmanchi yillarga kelib Abdulla Qodiriy yetishib chiqdi. Men 1928-yildan boshlab uning asarlarini o‘zbek tilida o‘qiy boshladim”.

Qozoq adabiyotining gigant romannavisi Muxtor Avezov Abdulla Qodiriyni o‘ziga ustoz deb bildi. Uning romanlariga bergan bahosida ham birovning gapiga o‘xshamaydigan original bir mulohaza aynan Muxtor og‘a qalamiga mansub: “Abdulla Qodiriy – Julqunboy yuksak romanlar yaratdi. Uning romanlari 20-yillarda go‘yo tekis sahroda to‘satdan Pomir tog‘lari vujudga kelganday paydo bo‘ldi. Qodiriy asarlarini Qurmong‘ozi yoki Chaykovskiy kuylarini tinglaganday dam olib, miriqib, gasht qilib o‘qiysan kishi… Uning tili ravon, shirali, musiqiy, menimcha, hamma O‘rta Osiyo xalqlariga ham tarjimonsiz tushunarli”.

Menga juda ma’qul kelgan bu o‘xshatishli fikrdan tadqiqotlarimda, ma’ruzalarimda ko‘p foydalanaman. Darhaqiqat, favqulodda, “tog‘day vujudga kelgan” asarlarning tagzaminida qaynar buloqdek ulkan adabiy meros, ulug‘ ajdod-allomalarimiz poetik tafakkurining totli mevalari borligini ham Muxtor Avezov yaxshi bilar edi.

* * *

Adibning “Kim aybdor” hikoyasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan iste’dodli yozuvchi Nosir Fozilov “Muxtor og‘a” essesida Avezov bilan 1959-yili tanishganini eslab, uning o‘zbek yozuvchilari asarlarini o‘zbek tilida o‘qiganidan quvonganini bildirgan. Qaysi bir o‘zbek adibi asari muhokamasida qatnashar ekan, shunday bir ibratli fikrni aytadi: “Muhokama oxirida Muxtor og‘a qanday yozish va kimga ergashishni bilmay yurgan ba’zi yozuvchilarimizga taassuf bildirib: “Men hayronman, ba’zi o‘zbek yozuvchilari ustoz qidirib uzoqqa chopadi. Vaholanki, ustozlari o‘zlarida turibdi. Bu – Abdulla Qodiriy, bu – Oybek, bu – Abdulla Qahhor. Abdulla Qodiriy mening haqiqiy ustozim bo‘ladilar”, dedi… U kishi Abdulla Qodiriyni shaxsan tanir, Oybek domla bilan jonajon do‘st ekanlar. Qizig‘i shundaki, Oybek domla Muxtor og‘ani “muallim” deb atardi, Muxtor og‘a ham o‘z navbatida Oybek akani “domla” deb hurmat qilardi. Bu ikki buyuk insonning kamtarligini ko‘rib, odamning havasi kelardi”.

Muxtor Avezov ijodining avvali qaysidir ma’noda jadidlik harakati bilan bog‘liq. Uning ilk hikoyalarida ham jadidona kayfiyat seziladi. “Kim aybdor” – bu hikoyada millatning ma’naviy, madaniy holatini, inson erki masalasini badiiy talqin qiladi adib. Hikoyadagi oddiy qozoq ovuli va undagi an’anaviy urf-odatlar: mehmondorchilik, qiz uzatish, kelin-kuyov ko‘rishuvlari, ota-onaning orzu-niyatlari va farzandlarning yangicha fikrlay boshlashi kabi jarayonlar tasvirlanadi. Hikoyada Aziza bilan Islomning qismati odamni o‘yga toldiradi.

Asar o‘quvchisi Aziza fojiasi uchun “kim aybdor” degan savolni qo‘yadi. O‘zicha muhokamalar qiladi. Shunda har qanday odamning orzu-umidlari ro‘yobi – bu inson uchun juda katta ne’mat ekaniga amin bo‘ladi. Bunday fojiaviy sahna Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” dramasida ham mavjud. Garchand asar qahramonlari Solih bilan Rahimaning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tgan bo‘lsa ham, ular saodatli umr kechira olmaydi. Qarzga botishadi. Millat uchun to‘y-hashamlardagi o‘z moddiy quvvatini elga ko‘z-ko‘z qilishdek bir ma’naviy maraz ikki yoshning hayotiga nuqta qo‘yadi. Qarzga botgan kuyov va kelin hayoti fojia bilan tuganchiga yetadi.

* * *

O‘zbek romanining maydonga kelishida Abdulla Qodiriy juda muhim tarixiy missiyani bajardi. “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”dek muhtasham tarixiy romanlari orqali o‘zbeklar tarixini, urf-odatlarini, ijtimoiy va oilaviy muhitini tasvirladi. Mening tasavvurim bo‘yicha, qozoq adabiyoti tarixida, xususan, qozoq adabiyotida tarixiy roman janri taraqqiyotida, qozoqlar hayotining qomusiy manzaralarini namoyon etishda Abay Qo‘nonboy o‘g‘li hayot yo‘lini vosita qilaroq xuddi shunday tarixiy missiyani mutafakkir san’atkor adib Muxtor Avezov bajardi.

E’tibor berilsa, har ikki adib va ularning qahramonlari ham yangilikka intildi. Tojir o‘laroq dunyo kezgan, Semipalatinskka tijorat ishlari bilan borgan “O‘tkan kunlar” romani qahramoni Otabek qaysidir ma’noda ijtimoiy-siyosiy, ma’muriy muhitdagi yangilanishlar tarafdori edi. Otabek bir o‘rinda majlis ahliga Shamay (Semipalatinsk) taassurotlarini so‘zlab beradi: “Shamayda ekanman, qanotim bo‘lsa, vatanga uchsam…. Shamayda o‘ylag‘anlarim, oshiqqanlarim shirin bir xayol emish… Darhaqiqat, mozoristonda “hayya alalfalah” xitobini kim eshitar edi”.

Bunda qiyos va havas bor. “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga o‘girgan amerikalik tarjimon Mark Riz bu obraz haqidagi o‘z tasavvurini: “Aniqki, Otabek – jadid… Otabek – bu Abdulla Qodiriy va uning dunyoga munosabati”, deb bayon qiladi.

Abdulla Qodiriyning dunyoga munosabatida jadidona kayfiyat mujassam edi. Taassufki, yangilik tarafdori bo‘lgan Otabekning orzu-umidlari o‘y-xayolligicha qoladi. Yana bir muhim mulohaza: Otabek tijorat bilan borgan Shamayda Muxtor Avezov tavallud topadi, o‘qiydi. Bu joy Abayga ham begona emas… Qarang, Abdulla Qodiriy ham o‘z qahramonini bejiz ushbu taraqqiyotga erishgan makonga safar qildirgan emas. Bunda qandaydir sirli, ichki va izohlash qiyin bo‘lgan ma’naviy robitalar bor, deb o‘ylayman.

* * *

O‘zbek va qozoq xalqlari uzoq tarixdan to hozirga dovur yaqin qo‘shni, qon-qardosh, quda-anda bo‘lib istiqomat qiladi. Bu ikki millatning tarixi, madaniyati, folklori, adabiyoti o‘zaro yaqin va gohida biri ikkinchisini to‘ldirib ham keladi.

XX asr tongotariga nazar tashlansa, o‘zbek jadid adabiyoti bilan qozoq jadid adabiyoti o‘rtasida ham mushtarak jihatlar borligi, badiiy ijodda, xususan, Behbudiy, Abdulla Avloniy va Abay ijodidagi axloqiy konsepsiyalar, she’riyatda Abdulhamid Cho‘lpon ko‘ngli bilan Mag‘jon Jumaboyning erk, ozodlik, hurriyat borasidagi dard-u alamlari, mustamlakachilardan qutulish ilinjida yozgan bitiklari biri ikkinchisini to‘ldiradi.

Darhaqiqat, ulkan adiblar bisotida nafaqat bitta xalq adabiyoti, balki insoniyat badiiy tafakkuri, jahon adabiy-ma’rifiy xazinasiga bebaho yombi-javohir o‘laroq qo‘shiladigan asarlar, fikrlar, hikmatlar bo‘ladi. Shuning barobarida hamma zamonlarda millat allomalarining ma’rifattalab o‘quvchilar e’tiborini ohanrabodek o‘ziga tortib turadigan go‘zal insoniy fazilatlari-da bo‘ladi. Bunday adabiy shaxsiyatlarning hayoti ham, ijodi ham ibratga munosib, albatta.

Bahodir KARIM,
professor

“Jadid” gazetasining 2025-yil 20-iyundagi 25-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605