11.07.2025 | 09:26
594
AFANDINING QARINDOSHLARI
“Jadid” gazetasining 25-sonida taniqli olim Sultonmurod Olimning “Asl Afandi” nomli maqolasini o‘qib, zavqlandim. “Afandimijoz bu odam”, “E, Afandiga o‘xshamay ket”, kabi gaplarni o‘zimiz ham tez-tez takrorlaymiz. Hatto, o‘qituvchi va adib Abdivoy Rahim qishlog‘imizda yashagan o‘ndan ortiq afandife’l odamlarning tesha tegmagan, qiziq gap-so‘zlarini yig‘ib “Nasriddin Afandining nabiralari” nom bilan chop ettirganda, kitobi qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgandi.

Mutolaa davomida muallif Xoja Nasriddinga Buxoro va Turkiyaning Oqshaharida haykal qo‘yilganini yozadi. Bu ro‘yxatga Afandining Moskvadagi “Molodyojnaya” metrosi chiqish qismiga o‘rnatilgan haykalini ham qo‘shish mumkin. 2006-yilda haykaltarosh Andrey Orlov tomonidan bronzadan yasalgan yodgorlik afsonaviy qahramonning topqirligi va hozirjavobligi rus do‘stlarimizni ham befarq qoldirmaganidan darak beradi.
Yana bir gap: ko‘plab xalqlarning Nasriddin Afandiga o‘xshash qahramonlari bor. Masalan, ispanlarda Don Kixot, nemislarda baron Myunxauzen, ruslarda Ivan, qozoqlarda Aldar Ko‘sa, qoraqalpoqlarimizda Umurbek Laqqi va hokazo. Ustoz shoirimiz Erkin Vohidovning Matmusasi ham Afandidan kam emas aslida.
Bularning barchasi millati, dini va tilidan qat’iy nazar bir oila vakillari – qarindoshdir. Shu ma’noda Afandining millati yo‘q, turli ko‘rinish va ismlarda bo‘y ko‘rsatsa ham, u Yer yuzida yashovchi barcha kulgusevar, oqko‘ngil, hozirjavob, saxovatli odamlarniki.
O‘rolboy QOBIL,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



