Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.07.2025 | 16:16

img954

OSHGAMI, ISHGAMI?

“Agar o‘zbeklar boshqa ishlarga ham oshga kelgandek birlashib yig‘ila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat bo‘lmas edi”.

Alixonto‘ra Sog‘uniyning bu gapini ilk bor o‘qiganimda, hayron bo‘lgandim: nega aynan osh? Nega boshqa bir o‘xshatish emas?

Ammo bu so‘zlarning naqadar chuqur ma’no anglatishini hayotimda o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.

Bir mahalladoshimizning nahorgi oshiga bordik. Tonggi soat oltida boshlanadigan oshga biz besh yarimda yetib borganmiz. Ammo to‘yxonada deyarli bo‘sh joy qolmagan edi. Kelganlarning 95 foizi – o‘zimizning mahalla ahli. Bir-biriga mehribon, e’tiborli va ahil odamlarni ko‘rib, oqibatimizga ko‘z tegmasin, deb qo‘ydim.

Ammo… aynan shu kuni, oqshom soat beshda mahallada umumiy yig‘ilish bo‘lishi kerak edi. Muhokama qilinadigan asosiy mavzu: uch milliard so‘mlik muammoning yechimi. Ming afsuski, o‘sha yig‘ilishga bor-yo‘g‘i 30 nafar odam keldi…

Oshga borilmasin, demayman. Lekin shunday og‘izbirchilikni, uyushqoqlikni jamiyat uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokamasida ham ko‘rishni istayman.

Osh yesak, 3-4 soat ichida yana qornimiz ochadi. Ammo bir muammoni birga hal qilsak, u butun mahalla uchun, farzandlarimiz uchun foyda keltiradi-ku!

Bugun bormiz, ertaga – yo‘q. Bugun bizning ovozimiz, fikrimiz muhim ekan, unumli foydalanaylik. Ertaga chiqarilgan qarorlarga e’tiroz bildirgandan ko‘ra, bugun o‘z qarashimiz bilan ishning siljishiga hissa qo‘shaylik.

Maqsadimiz aniq: yurt tinchligi, odamlar roziligi, o‘g‘il-qizlarimiz kamoli. Keling, xayrli ishlarda ham xuddi oshdagidek birlashib, harakat qilaylik!

Zohidjon GʻAFFOROV,
Ohangaron tumani “Ilg‘or” mahallasi raisi
Telegram

“Jadid” gazetasining 2025-yil 18-iyuldagi 29-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img37

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img120

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img312