Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.08.2025 | 16:47

img830

ATLAS KIYIB, ATIR SEPGAN CHAMANIM…

YURT VASFI

Shaydolikda oy oldimga tusholmaydi,
Kiprigidan poyondozlar to‘shalgaydir.
Yurtim, sening go‘zalliging qarshisida,
Go‘zallikning o‘zi ham ip esholmaydi.

So‘ylar qadding xaritasi sirlarimni,
Eslatar u xipchabelli dilbarimni.
Zavqim toshib, aqlim shoshar, oy o‘rnidan
Bo‘yginangga tashlasam ko‘z qirlarimni.

Do‘ppi kiygan qizday dilga solsang g‘uluv,
Ichar sening boshingdan gul o‘girib suv,
Ikki o‘rim sochi – ikki daryo bo‘lib,
Ey beliga tushgan yurt, sen buncha suluv.

Dilim yayrar har bahor gulbadan bo‘lsang,
O‘lay senga, shunday go‘zal vatan bo‘lsang.
Mo‘rchamiyon malagim ip eshar qanday,
Sen undanam suluvroq bir sanam bo‘lsang.

Oy o‘rniga qo‘yib ko‘rdim o‘zimni men,
Endi senga berib turay ko‘zimni men.
Haddan ziyod chiroylisan, ishonmasang,
Mening ko‘zim bilan ko‘rgin o‘zingni sen.

CHIROYLIGIM

Oppoq bo‘lib gullagan hu bog‘lar go‘zal,
Ko‘kayidan qor ketmagan tog‘lar go‘zal.
Chiroyligim, qoshingda men xijolatdan
Qizg‘aldog‘man, bag‘rimdagi dog‘lar go‘zal.
Sof ishqdirman, garchi haqqa yetganim yo‘q,
Sen go‘zalning o‘kchasidan ketganim yo‘q.
Kechir, ko‘ngling changlatdim-u bolariday,
Gulim, senga mukkasidan ketganim yo‘q.
Jondan ortiq sevganim, gulbadanimsan,
Atlas kiyib, atir sepgan chamanimsan.
Ayni bahor chog‘i ko‘nglimga cho‘g‘ solgan,
Chiroyligim, gulday go‘zal Vatanimsan.
Jonim bilan qo‘yay qo‘ling xinasini,
Yashirsa shu qo‘lqadog‘i, ginasini.
Farzand borki qo‘ligul, o‘z otasiga
Pardoz qilmay ko‘rsatmaydi onasini.
Istaymanki, mayli, mensiz qomati dol,
Yaproqlarning poyiga bosh qo‘ysin hilol,
Chiroyiga chiroy qo‘shsin hatto qabrim
Bo‘lib ona O‘zbekiston labiga xol…

JO‘MARDIM – ONAM

Suratingga boqib, jo‘mardim,
otday bo‘lib ketdi yuragim,
devonaman ishqingda, sendan
qachon bunday shifo so‘radim?!

Ko‘zlarimga g‘am tortiq qilib,
turolmayman yo ortiq kulib,
netay, hamon yuragim sensiz
urib turar nomardik qilib.

“Yor” – Zebo, men – Yozi emasdim,
shirin ekan nozi, bilmasdim,
bilganimda makrini, zinhor
ishvasiga rozi bo‘lmasdim.
Sen bir tanti Turkonim eding,
xonim eding, sultonim eding,
onam – so‘nggi imkonim eding,
yuragingni menga-yu, jon deb,
jigaringni besh bolangga berding.

MANZARA

Atirgullar ochib og‘zini katta,
nomozshomgullar kuch
olmoqda shomdan,
o, oltin tuprog‘im,
seni deb hatto
quyosh ham o‘zini tashladi tomdan.

dildagi arzimas ishq olovini
eplolmay
oldirib qo‘ydim alanga,
kir qilib boshiga qo‘ngan qirovni,
qirlarni qirganda
piri faranglar;

jilmaydim
so‘ng Xudo haqqi-hurmati,
bo‘g‘zimda
tosh qotgan o‘krigim bilan
va ko‘zga ko‘ringan jonim suratin
supurib tashladim
kiprigim bilan

va birdan keltirib suvni elakda,
shamol erkaladi bog‘-u bo‘stonni,
bahor cho‘miltirib qo‘ydi:
chelaklab
boshidan suv quyib O‘zbekistonni.

VATAN RASHKI

Mening yurtim jannatmonand go‘zal go‘sha,
Rashk qilaman uni Otelloga o‘xshab.
Kiyiklari qadamiga mushk sochadi,
Kiprigining soyasini yerga to‘shab.
Mo‘min elda aziz Sayrob baliqlari,
Qoyil qilgan Cherchelni qilquyruqlari.
Ka’badayam ko‘nglim qo‘msar: “Uyga borsam,
Kutar meni sharbat oqqan ariqlari”.
Qizg‘onaman bu elni nojoizlardan,
Otasiga el bo‘lmagan beyuzlardan.
Haydarqulday hojisini o‘zi tugul
Kalishini tortolmagan poyezdlardan.
Men Vatanni rashk qilaman kibr ketgan
Nokaslardan – valiylarni Sibir etgan.
Darig‘ tutgum uni men oqpadarlardan
Ulug‘bekdek zotlarning boshiga yetgan.
Qon dilini ko‘tarolmay qomati dol,
Anorlari hassasiga suyangan chol.
Har ignaday nur ostida yulduz nihon,
Ona yerga yonib sajda qilar hilol.
Rashk qilaman bu yurtni el buzarlardan,
Qizg‘onaman har qanday yot nazarlardan.
Qizg‘onadi Xudo ham o‘z jannatini
Onasini turtgan xudobezorlardan.

AZIZLARIM

Men uchun bu yurtning iti ham aziz,
Mo‘chchayib bet yuvgan mushukchasi ham.
Jonimdan azizdir inida yolg‘iz
Tuxum bosib yotgan musichasi ham.

Jonim fido bo‘lsin echkim, qizimga,
Aylanayin Vatan qilsang, yor sandan.
Tomi qiyshiq uyim, itim ko‘zimga
Bir yaxshi ko‘rindi hamma narsamdan.

Biram rohat qildim men bug‘doy o‘rib,
Garchi bel og‘riqdan jonim qiynalar.
Zavqimni toshirdi bolasin qo‘rib
Mushugimni mayna qilgan maynalar.

Azizdir bu yurtning shuvog‘-u burgan,
Bola quchoqlagan makkalari ham.
O‘lmasin tepamda shaqqillab turgan
Olashaqshag‘i-yu hakkalari ham.

ERKAM

Vatanim, gul uzgan qiz soyasiday
Hatto xaritang ham go‘zallikka boy.
Yangi tashbeh topgan zukko shoirday
O‘zicha kerilar yangi chiqqan oy.
Sen Barchin tuslisan. Polvon kelbating.
Ayt, kimni rom etmas qaddi-qomating?
Senga chil bermoqchi bo‘lgan kaslar ham
Yon bersa, tog‘larcha bordir himmating.
Ko‘rdimki, enamdek paxta chigitlab,
Kimki el bo‘lmasa qilding o‘gitlar.
Taqimingni o‘pgan ikki o‘rim soch,
Labingni qo‘riqlar arslon yigitlar.
Sen suluv zotining norisan, bu kam,
Alpomish naslining yorisan, o‘lkam.
Tizzangga bosh qo‘ygan quyoshing bo‘lib
Koshki bir yuzingni yoritsam, erkam.

SURXONDARYO SURATI

Bir patnis don undirib, bir olam rizq ko‘targan
Bobotog‘ etagida oy ham katta ketarkan.
“Ko‘klamda bu go‘shani men nimaga qiyoslay?!
Suratin chizib ber”, deb qisinding sen quyoshday.
Ko‘z oldimga cho‘ng lagan ko‘targan tog‘day odam
Sumalak maysasini keltirib qo‘ydi shu dam.
Dedim: “Har patnisda bol tutib uzoq-yaqindan,
Bu dilbar yurtni uch alp turtib turar biqindan.
Koshki, men bir yumalab, Bobotog‘ bo‘lib qolsam,
Tizzamga olib oyni o‘ynatib o‘tirolsam.
Zabardast bilaklarim bilan qurshab har yonni,
Quchoqlab olar edim go‘zal Surxondaryomni”.

BO‘YLARINGDAN O‘RGULAY

O, yurtim, go‘zal yurtim, surating ko‘zga surdim,
Yomg‘irday kokilingdan mani umrim bir qultum.
Daryoday jo‘sh uraman, poyingga bosh uraman,
Seni o‘z jonimdan ham ko‘proq yaxshi ko‘raman.
Suluvsan, tuprog‘ing zar, suvlaring erur kavsar,
Naq quyoshning ko‘zida gullading urib chappar.
Bog‘larim – oqbilagim, gulga to‘la yuragim,
Onamsan, jannatimsan, o‘zingdirsan keragim.
Bo‘ylaringdan o‘rgilay, o, senga o‘zim o‘lay,
O‘zbekiston jannat, men jannatga loyiq bo‘lay.

KO‘NGIL, EY KO‘NGIL

Menda qol,
yo mendan qolgin, ey ko‘ngil,
ko‘ngil shu issiqqa,
sovuqqa ko‘n yo,
Otamning uyiday qachondir butkul
hayotimdan chiqib ketgay bu dunyo.

Kelajak burnimning ostida – ma’lum,
savob-u gunohim dargumon hali,
ketyapman – ko‘zlarim ortda,
ahvolim –
xazinadan yiroq g‘aznabon holi.

Otali boyman-u dilda ranj, malol,
sen go‘zal yorda,
xoh yodda qol, ko‘nglim,
mendan qolar bo‘lsang,
mayli, yerda qol,
kindik qonim tomgan yerda qol, ko‘nglim.

Shuhrat AZIZOV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-avgustdagi 31-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600