Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.08.2025 | 15:49

img1878

ZULMAT ICHRA NUR

O‘quvchilik yillarimda atoqli adib Mirkarim Osim asarlariga juda qiziqib qoldim. U kishi qalamga olgan Jaloliddin Manguberdi, Mashrab, Navoiy kabi buyuk tarixiy siymolarimiz obrazlari meni maftun qilib qo‘ygandi. Yana bir gapni ta’kidlab o‘tishim kerakki, u davrlarda tarixiy shaxslar hayotini yoritish nihoyatda qaltis ish edi: salga sen o‘tmishni ideallashtiryapsan, sovet mafkurasiga qarshi chiqyapsan, deb juvonmarg qilib yuborishlari hech gap emas edi. Ana shunday mas’ul vazifani o‘z zimmasiga olgan, qatag‘on chig‘iriqlaridan ruhan omon chiqqan bu Alpomish adibni ko‘rish, suhbat qurish biz yoshlar uchun juda katta orzu sanalardi.

O‘qishni tugatib, O‘zbekiston Davlat badiiy adabiyoti nashriyotida ishlay boshladim. Taqdirning tuhfasini qarangki, Mirkarim Osim domla ham shu yerda mehnat qilar ekan. Bir umr o‘zim intilgan yozuvchim bilan birga ishlash baxtiga muyassar bo‘lganman. Bu baxt menga Mirkarim Osim ijodi-yu shaxsiyati bilan ham yaqinroq tanishib olishga imkon yaratdi va ustozdan juda ko‘p narsa o‘rgandim. Men hozirgacha Mirkarim Osim asarlarini sevib o‘qiyman, xuddi birinchi marta o‘qiyotganday xursand bo‘lib, zavqlanib mutolaa qilaman!

Mirkarim Osim yozuvchi bo‘lish bilan birga, mohir tarjimon ham edi. U Tolstoy, Gogol, Chexov, Sholoxov, Borodin va Bat kabi ulug‘ yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Uning tarjimalari ham xuddi o‘zining qissalari kabi maroq bilan o‘qiladi, na biror g‘aliz jumla, na biror noo‘rin ibora uchraydi. Chet el mualliflarining asarlariga yuksak madaniyat bilan yondashishni Mirkarim Osim tarjimalaridan o‘rganganman. Tom ma’noda shuni aytolamanki, men tarjimonlikka Mirkarim Osimning bu boradagi san’atiga qiziqish orqali kirib kelganman. Ustoz o‘ttizinchi, qirqinchi yillarda qilgan tarjimalari hali-hanuz o‘z ahamiyatini, ohorini yo‘qotmagan. Ular asliyatga yaqinlik bilan ajralib turadi.

Mirkarim Osim 1907-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U dastlab “Shams ul-urfon” boshlang‘ich maktabida, so‘ngra Narimonov nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumida tahsil olgan. Uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi 1926–1930-yillarda Moskvadagi Pedagogika universitetining tarix-iqtisod fakultetigacha olib borgan.

Oliy ta’limni tugatgach, Mirkarim Osim Samarqanddagi o‘qituvchilar tayyorlash kurslarida, shuningdek, Pedagogika ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik u Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir sifatida ham ishlagan.

Uning ijodi o‘ziga xos uslubda bo‘lib, tarixiy voqealarni yorqin badiiy tasvirlar bilan uyg‘unlashtirgan. Yozuvchi o‘z asarlarida milliy tarix, madaniyat va ma’naviy qadriyatlarni ko‘tarib chiqdi.

Yozuvchi hayoti doimo osoyishta kechmagan. 1940-yillarda u siyosiy ta’qiblarga uchrab, bir necha yilni surgunda, qamoqxonalarda o‘tkazgan. Ozodlikka chiqqanidan so‘ng, u yana ijod maydoniga qaytdi va ko‘plab asarlar yaratdi.

Mirkarim Osim “O‘tror”, “To‘maris”, “Temur Malik”, “Aleksandr va Spitamen” kabi asarlarida millat qahramonlarini yangi ruhda tarannum etgan.

“Mohlaroyim va Xonposhsha”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Elchilar” kabi asarlar o‘sha davrning turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlari va shaxsiy fojialarini o‘z ichiga oladi.

“Zulmat ichra nur” (Alisher Navoiy haqida), “Jayhun ustida bulutlar” (Beruniy haqida), “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug‘ilishi” (Al-Xorazmiy haqida), “Singan setor” (Mashrab haqida) kabi asarlari bilan yozuvchi xalqdan atay olis tutilgan daholar hayotiga oydinlik kiritib, ma’naviy jasorat namunasini namoyon etgan.

Mirkarim Osimning “Astrobod” nomi bilan tanilgan tarixiy qissalar turkumida Navoiy hayotini teran ifoda etuvchi “Astrobod”, “Alisher Navoiy va Darveshali”, “Badarg‘a”, “Navoiyning xislatlari”, “Ulug‘bek va Navoiy” kabi asarlar muhim o‘rin tutadi.

Ibrohim GʻAFUROV,
O‘zbekiston Qahramoni

“Jadid” gazetasining 2025-yil 15-avgustdagi 33-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605