20.08.2025 | 16:29
538
QIZLARIMIZ O‘QISIN!
O‘zbek hamjamiyatida ayollarning ko‘pchiligi qizini o‘qitish istagida ekanini aytadi. Biroq ular hamisha so‘zini quyidagicha davom ettiradi:
– Qiz bola o‘qisa yaxshi-da. Zamonni ko‘ryapsiz-ku. Ertaga erini qo‘liga qarab qolmasin, deyman. O‘zini uddalasin, xarajatlarni bemalol o‘zi qoplay oladigan bo‘lsin, deb niyat qilaman.

Shuningdek, kelin olish rejasidagi ayollar ham o‘qimishli qiz qidirayotganini aytishadi. Ularning so‘zi ham xuddi yuqoridagi alfozda davom etadi:
– Paypoqqayam, pampersgayam o‘g‘limdan pul so‘rayvermaydi, deyman-da. O‘qimishli qiz o‘zini o‘zi uddalaydi-da…
Bu so‘zlar va jamiyatimiz ahvoli “Amallar niyatga bog‘liq” ekanligini yana bir bor tasdiq etayotgandek…
Qayerga qarama, “o‘zini uddalayotgan” ayolga ko‘zing tushadi. Biri bozorda savdo qilsa, boshqasi mardikorlikka chiqadi. Aksariyatimiz o‘qimishli ayollarga ham oddiy ishchi kuchiday qarab, ularga ham mardikorlik taqdirini ep ko‘ramiz chog‘i. Nahotki, odamlar o‘z jigarbandi-qiziga shunday yukni ravo ko‘rsa. Axir, ayol uchun o‘zini o‘zi uddalash naqadar og‘irligini bilmaymizmi?!
O‘zini o‘zi uddalayotgan ayollar bilan yaqinroqdan tanishib, dardiga quloq tutib ko‘ring. Yuzi kulsa-da, ko‘zlari kulmaydi. Labi tabassum qilsa-da, chehrasi g‘amgin.
Qizingizni o‘qitmang, demayman. O‘qiting, albatta, o‘qiting! Faqat dunyoga teran nazar sola olishi uchun o‘qiting!
Turmushdagi har xil holatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganishi uchun o‘qiting!
Farzandlariga to‘g‘ri tarbiya bera olishi uchun o‘qiting!
Har xil holatlarda turmush o‘rtog‘iga yaxshi maslahatchi bo‘la olishi uchun, halol-haromning farqiga borishi uchun o‘qiting!
Kelajakda farzandlari, onam o‘qigan ziyoli ayol deb o‘zlari ham o‘qishga intilishlari uchun o‘qiting!
Qolaversa, ilmi o‘sib jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘sha olishi uchun o‘qiting! Faqat o‘zini uddalashi uchun emas!
O‘zini uddalab yashashni hech bir ayolning boshiga solmasin. Uni otasi uddalasin, eri ta’minotini qilsin, keksayganida bolalari ardog‘ida bo‘lsin.
Aziza CHINPULATOVA,
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 15-avgustdagi 33-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333