Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.09.2025 | 15:40

img574

EL-YURT FAROVONLIGI YO‘LIDA BIRDAMMIZ!

Serikbay USENOV,
O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi raisi:

– Muhtaram Prezidentimiz Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida “Dunyoning turli mintaqalarida milliy va diniy asosda turli nizolar davom etayotgan hozirgi o‘ta tahlikali sharoitda yagona O‘zbekiston g‘oyasi asosida eng katta boyligimiz – yurtimizdagi osoyishtalik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bilim-ma’rifat, kasb-hunarlar egasi etib tarbiyalash, inklyuzivlik tamoyillarini chuqurlashtirish borasidagi ishlarimizni kelgusida ham izchil davom ettiramiz”, deya ta’kidlagan edi.

Darhaqiqat, Yangi O‘zbekistonimizda millati, dini, e’tiqodidan qat’i nazar barcha yurtdoshlarimiz uchun yashash, ta’lim olish, mehnat qilish, davlat va jamoat hayotida faol ishtirok etish uchun teng sharoit yaratilgan. Mana shu jannatmonand yurt farzandlarining biri sifatida qozoq millati vakillari ham tinch-totuv, do‘stlik va birodarlikda farovon hayot kechirmoqda.

Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik muhitini mustahkamlash, uzoq-yaqin davlatlar bilan Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida kengaytirilayotgan aloqalarga biz ham baholi qudrat hissa qo‘sha olsak bundan cheksiz baxt hissini tuyamiz.

Bugun yurtimizning har bir go‘shasi obod maskanga aylanmoqda. Hali Vatanimiz bundan-da rivojlanib, yuksak natijalarga erishadi. Biz jips bo‘lib harakat qilsak, oliy maqsadimizga albatta erishamiz.

Shu fursatdan foydalanib, barcha bovurdoshlarimni bayram bilan tabriklayman!

Mobil MAMEDOV,
O‘zbekiston ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi:

– O‘zbek va ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik rishtasining tarixiy ildizlari ming yilliklarga borib taqaladi. Til, madaniyat, an’analar o‘rtasidagi yaqinlik bugungi hamkorligimizning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Ikki do‘st davlatning Prezidentlari tomonidan olib borilayotgan siyosat ijtimoiy-siyosiy, madaniy, adabiy munosabatni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lmoqda.

Ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik haqida gapirar ekanmiz, Navoiy va Fuzuliyning ma’naviy ustoz-shogirdlik rishtasini, Abu Ali ibn Sino ta’limini olib yirik olim bo‘lib yetishgan Bahmanyor Ozarbayjoniyning shuhratini, XX asr boshidagi jadidlar tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ta’lim va san’at sohasidagi hamkorlikni eslamay bo‘lmaydi. O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning quyidagi satrlari ham bejiz yozilmagan:

O‘zbekman, anglamay qayoqqa bordim,
Shu inja ozariy tilni, zabonni.
Do‘stlik bu – muhabbat yanglig‘ farahkim,
Bilgay u na hadni va na dovonni.
Vurg‘unning she’ri deb jon cheksa o‘zbek,
Ozar ham ayarmi Gʻafurdan jonni…

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi bilan barcha qardoshlarimizni muborakbod etaman! Ikki yelkadosh xalq hamkorligi abadiy bo‘lsin!

Gulandom SUBHANOVA,
O‘zbekiston tojik milliy madaniy markazi raisi:

– Mamlakat mustaqilligi bu shunchaki bayram emas, bu muqaddas izdihomdir. Har yili yurtimizda turli tadbirlar va bayramlar o‘tkaziladi. Lekin Vatanimiz Mustaqilligi kuni alohida g‘urur va sharaf bilan nishonlanadi.

Sababi, O‘zbekistonda bugun turli millat vakillari tinch-totuv, osoyishta va farovon hayot kechirishmoqda. Ularning davlat va jamoat ishlarida faolligi, Vatan taqdiriga befarq emasligi barchamizga g‘urur bag‘ishlaydi.

O‘zbek-tojik xalqlari azaldan bir daryodan suv ichib, qadriyat va an’analari mushtarak bo‘lgan el hisoblanadi.

So‘nggi yillarda mintaqamizdagi davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilib, dunyo siyosatida “Markaziy Osiyo ruhi” degan ibora paydo bo‘ldi. Shu yil mart oyida O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Tojikiston chegaralari o‘zaro tutashgan nuqtada “Do‘stlik” stellasi o‘rnatilgani yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganidan yana bir yorqin dalolatdir. Axir, “ikki tilda so‘zlashuvchi bir xalq” degan ta’riflar bekorga aytilmagan va bu hayotda o‘z isbotini topmoqda. Buning qadriga yetishimiz, Vatanimiz ravnaqiga o‘z xissamizni qo‘shishimiz zarur va shart!

Guldona AVEZDURDIYEVA,
O‘zbekiston turkman milliy madaniy markazi rahbari:

– Barchamizga ma’lumki, millatlarning urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari, tillari bir-biridan farqlanadi. Lekin O‘zbekistonda yashab kelayotgan biz – turli millat va elat vakillarining maqsadi bir – tinch, osoyishta, xotirjam, o‘zaro totuv, ahil bo‘lib yashash.

Respublika turkman madaniy markazi hamda 200 mingdan ortiq turkman millatiga mansub fuqaro shu tabarruk diyor taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilib, tinchlik va xotirjamlikda istiqomat qilib kelmoqda.

O‘zbek-turkman xalqlari azaldan do‘st-u birodar bo‘lib yashashgan. Qiz olib-qiz berishgan, qon rishtalari bog‘langan. Bu rishtalar bugun ikki do‘st davlat rahbarlarining oqilona siyosati tufayli yanada mustahkam bo‘lib borayotir.

Qaysiki davlatda millatlararo munosabatlar mustahkam ekan, u yurt, albatta, ravnaq topgusidir. Yaqinlashib kelayotgan muqaddas bayram – Mustaqilligimizning 34 yilligi barchamizga qutli bo‘lsin! Birdamlik va hamqadamlik barqaror bo‘lg‘ay!

Zarnigor IBROHIMOVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 29-avgustdagi 35-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img122

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145