02.08.2024 | 13:14
476
MILLAT MAS’ULIYATI YO‘LIDA HAMFIKR BO‘LSAK…
Ijtimoiy tarmoqlarda hindlar bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film olayotgani va nomi “Buyuk mo‘g‘ul imperatori Bobur” ekani aytilayotgan xabarlar tarqaldi. Hatto film tizerlari ham tarmoqlarga yoyila boshladi.

Buyuk bobokalonimiz bilan bog‘liq tarix haqida dunyo ahlini chalg‘itish kabi bu holat mamlakatimiz jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab bo‘ldi.
Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan ma’lumot olish uchun bog‘landim.
Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qo‘shimcha xabar beriladi.
Kinematografiya milliy agentligi bilan ham suhbatlashdik. Xabaringiz bor, O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Tirik tarix” loyihasi doirasida sarkardalarimiz, allomalar haqida turkum filmlar yaratilmoqda. Bu loyiha ham tez orada o‘z samarasini berib, milliy o‘zligimiz bilan bog‘liq tariximiz ekranlarda gavdalanadi.
Lekin shu o‘rinda meni xursand qilgani – milliy g‘urur, vatanparvarlik shunchaki kitoblar-u quruq so‘zlarda emas, xalqimiz ong-u shuurida yashamoqda, keng jamoatchilik esa bu kabi holatlarga aslo befarq emas.
Bu esa, aynan Prezidentimiz aytgan, tahlikali vaziyatlarda millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar jasorat bilan maydonga chiqayotganining bir ko‘rinishidir.
O‘z navbatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi keng jamoatchilikka, ziyolilarga befarq bo‘lmagani, ajdodlarimiz bilan bog‘liq tariximizni targ‘ib qilish haqidagi fikrlari uchun minnatdorlik bildiradi.
Biz millat mas’uliyati yo‘lida hamfikr bo‘lsak, birlashsak, bu kabi qadriyatimiz, tariximiz, o‘zligimizga qaratilgan tahdidlarga qarshi tura olamiz.
Otabek HASANOV
Facebook
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



