Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.09.2025 | 12:21

img1216

“MUMKINMI?!”

O‘tgan asrning 20-yillari Abdurauf Fitratning ilmiy-adabiy faoliyatida sermahsul davr sanaladi. Ilmiy-ommaviy ocherk deya ta’riflangan “Bedil” risolasi ayni shu davrda e’lon qilingan. Asar 1923-yili Moskvada yozilib, bir yildan so‘ng Toshkentda chop etiladi.

Kitob buxorolik Qutlug‘ otlig‘ ziyoli yigitning o‘qishdan ta’tilga chiqib, Moskvadan yurtga qaytishi, do‘sti Rustam bilan suhbat-munozarasi orqali  boshlanadi. Do‘stona suhbat Hamid ismli yigitning uyidagi jadidona mashvaratga ulanib ketadi. Syujetdagi bu o‘zgarish bejiz tanlanmagan. Bu orqali muallif umummilliy mavzu bo‘lmish hurriyat, ma’rifat masalalarini tor doirada gapirib yurgan bilan bir ish chiqmasligi, uni keng davralarda yakdillik asosida muhokama qilish, muammo va yutuqlarga jiddiy yondashish, ko‘pchilik bilan kengashish kerakligini uqtirmoqchi bo‘ladi.

Fitrat kabi ma’rifatparvarlar birdamlikni maqsadga erishish yo‘lidagi eng muhim omillardan biri deb bilgan. Biroq besh qo‘l barobar bo‘lmaganidek, o‘sha davrda jaholat botqog‘iga botib, erksizlik zulmatida turtinib yurishni ma’qul ko‘radigan toifalar ham bor edi. Ular Xizr uchraganda barchaning ko‘r bo‘lib qolishini tilagan so‘qir kabi birdamlik, ma’rifat kabi saodat yo‘lini ko‘rsatuvchi mayoqlarga ziyon yetkazishni mo‘ljallardi. Ulug‘ shoir Cho‘lpon bu kabi xoinlarga shunday “xushxabar” yuborgandi: “qayg‘uringiz: kishanlarni yasovchi ustalar, …Sizning uchun yoz boshining qoridek eruv kunlar keladir, …Chiqadirgan quyoshni siz behuda Etak bilan to‘smoq uchun tirishmang…”

Suhbat asosiga qurilgan “Bedil” risolasida Qutlug‘, Rustam, Hamid, Egamberdi, Mullo Qurbon kabi yosh ziyolilar gap-gashtak asnosida Bedilning devonidan o‘rin olgan g‘azal va ruboiylar orqali ijtimoiy-siyosiy muammolarni muhokama qilishadi. Shoirning “havosi buzulg‘on qorong‘u zindonni buzub, tashqariga, ochiq havoga chiqish kerak”, “jannatning orzusiga berilib, jahannamning tubiga tikilganlarning kulgili hollariga kishining qarag‘usi kelmaydir”, “zolim o‘rnini bir kun mazlum oladir – olov oyoqdan yiqilg‘ach, joyini kul egallaydi” kabi satrlaridan Fitrat mohirona foydalanadi.

Yoshlar uzoq davom etgan suhbat yakunida ona Turkistonning ayni damdagi ijtimoiy-siyosiy holati islohotga o‘ta muhtoj, degan xulosaga keladi. Majlis tugab, Qutlug‘ va Rustam Hamiddan ketish uchun izn so‘raydi. Ikki do‘st zinadan tushar ekan, muallif shunday yozadi: “eshikdan chiqib, o‘liklar dunyosiga o‘xshagan jimjit ko‘chalarga kirib yura ketdilar”. Ushbu jumladagi har bir ibora ramzdir: “o‘liklar dunyosi” – chorasizlik, loqaydlik, ilmsizlik orqasidan tiriklarning yashashi o‘limdan battar holga tushib qolgan o‘lkani; “jimjit ko‘chalar” – kurashchanlik kayfiyatining tanazzulga uchrayotgani, vahm va dahshat tillari va dillariga qulf urgan sharoitni; “yura ketdilar” birikmasi esa aziz jonini fido qilib bo‘lsa ham oldinga yurishday sharafli tanlovni aks ettiradi.

Asar “Mumkinmi?!” so‘rovidan boshlanib, “xayr, xo‘sh” bilan yakunlanadi. Bu kinoya bo‘lib, “mumkinmi?!” insonning “men”i qarshisiga qo‘yayotgan savoli; so‘nib borayotgan iroda va umid oldiga qo‘yayotgan ma’naviy talabdir. Mazkur rakursdan nigoh tashlanganda, “mumkinmi” so‘zi “nahotki mumkin bo‘lmasa” degan aks mohiyatni ham anglatadi. Asarning xotima qismida yozilgan “Yana kelasiz”dan murod erk uchun kurashning davomiyligiga ishora.

Fitrat asari uchun Mirzo Abdulqodir Bedil ijodini asos qilib olgani behikmat emas, albatta. Uning asarlarida inson erki, yurt ozodligi kabi tushunchalar murakkab, lekin juda asosli falsafiy nuqtayi nazardan talqin etilgan. Bedil inson haqiqiy erkinlikka faqat ma’rifat orqali erishadi, deb hisoblaydi. Bu esa jadidlar faoliyatining negizini tashkil etgani sir emas. Buyuk shoir va faylasuf yurt ozodligi inson ongi va ruhining ozodligidan boshlanadi, deb hisoblagan. Uningcha, inson o‘zini anglamaguncha, yurt erki haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Kamol HAKIMOV,
adabiyotshunos

“Jadid” gazetasining 2025-yil 29-avgustdagi 35-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img100

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img329