Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.09.2025 | 11:46

img6933

ABDULLA QAHHOR TAVALLUD TOPGAN KUN

➡️ Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabrda Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Oʻrta Osiyo Davlat unversitetining pedagogika fakultetini tamomlagan (1930).

➡️ Uning ilk “Oy kuyganda” (1924) hajviy sheʼri Norin shilpiq taxallusi ostida “Mushtum” jurnalida bosilgan. Yozuvchi “Boshsiz odam” (1929) hikoyasini eʼlon qilgach, umrining oxirigacha nasrda samarali ijod qilgan.

➡️ Abdulla Qahhor ijodiy hayoti mobaynida 40 dan ortiq asar yozgan. Bu kitoblar orasida 30 taga yaqin hikoyalar boʻlib, ular oʻzbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir.

“Men bolaligimda oʻzim guvoh boʻlgan voqea-hodisalarni tasvirlaganman. Haqiqat va faqat haqiqatni yozganman. Agarda mazkur haqiqat sizga, zamonaviy yoshlarga aql bovar qilmas boʻlib tuyulsa, u holda men oxirigacha yetmagan achchiq hikoyamni ertak deb atay qolaman”.

➡️ U oʻzining “Shohi soʻzana” (“Yangi yer”, 1949–53), “Ogʻriq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1967) sahna asarlari bilan dramaturg sifatida ham tanilgan. A. S. Pushkin, L. Tolstoy, N. V. Gogol, Chexov asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

➡️ Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1966) laureati. Vafotidan soʻng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2000).

➡️ Abdulla Qahhor nomi Toshkent va Qoʻqondagi bir necha koʻcha va maktab, shuningdek, madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan. Poytaxtda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan va haykali oʻrnatilgan.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img103

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139