23.09.2025 | 09:24
2315
EL-YURTIM MENGA “TANKA” BO‘LDI
Billura IKROMOVA,
Romitan tumanidagi 38-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi:
Odatda, biz – o‘qituvchi va murabbiylar yilda bir kun – 1-oktyabrda kasb bayramini nishonlaymiz. Bu yil esa shodiyonalar 9-sentyabrdan boshlandi. Shu kuni Davlatimiz rahbari raisligida maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Oradan ikki kun o‘tib, ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmon e’lon qilindi. 15-sentyabr kuni Prezidentimiz davlat mukofotlarini egalariga topshirib, pedagoglar bilan muloqot qildi. Bu uchrashuv yosh o‘qituvchi sifatida hayotim va faoliyatimda tub burilish pallasini boshlab berdi.
Prezident bilan muloqot imkonidan foydalanib, Buxoro viloyati studiyasidan ko‘pdan buyon o‘ylab yurgan taklifimni bildirdim.
Men xalqaro donor tashkilotidan 120 ming AQSH dollari grant mablag‘ini jalb qilib, O‘zbekistondagi davlat va nodavlat tashkilotlari uchun grant takliflarini tayyorlash loyihasini amalga oshirdim. Loyihada ishtirok etgan 112 nafar tinglovchi 6 oy ichida men jalb qilgan mablag‘dan 10 barobar ko‘p, ya’ni 1 million 200 ming dollar xalqaro grantlarni mamlakatimizga olib kirdi. Bu mamlakatimizda xalqaro donorlar bilan samarali ishlash mumkinligining yorqin namunasidir.
Ammo hozirgi kunda grantlar asosan OO‘Y doirasida jalb etilmoqda. Universitetlarda grant yozish ko‘nikmasiga ega kadrlar ko‘p, ammo maktablarda bunday mutaxassislar yetarli emas. Shu bilan birga, aynan maktablarni rivojlantirish uchun xalqaro donorlar ajratadigan mablag‘lar katta, imkoniyatlari esa keng.
Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha maktablarda maslahatchi lavozimi joriy etildi. Agar maktab maslahatchilarini grant yozish va xalqaro investitsiya jalb qilish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qitsak, ular maktablar doirasida ham xalqaro investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarda teng va izchil rivojlanishiga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbariga agar shunday kurslar tashkil etilsa, maslahatchilar uchun mahorat darslari o‘tkazishga va’da berdim. Bosh vazir o‘rinbosariga men bilan ishlashga ko‘rsatma berilganidan boshim ko‘kka yetdi.
Grantlarning ahamiyati va foydasini shaxsiy tajribamda ko‘rganman.
Men “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida Buyuk Britaniyaning Reding universitetida tahsil olib, imtiyozli diplom bilan qaytdim. To‘g‘risi, bir necha nufuzli tashkilotlardan ishga taklif oldim. Ammo men uyimizdan 230 kilometr uzoqda, Xorazm viloyati hududidan 5 kilometr masofada joylashgan chekka maktabga har hafta qatnab, ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida ish boshladim. Maktabda ingliz tili o‘qituvchisi yo‘q ekan.
Mana, ikki yildan buyon o‘quvchilarim ingliz tili fanidan ilk yutuqlarga erishmoqda. Ular fan olimpiadalarida g‘olib bo‘ldi, til sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Ishonamanki, Xudo xohlasa, o‘quvchilarim orasidan Garvard talabalari ham yetishib chiqadi. O‘quvchilarga bilim berish barobarida ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapman. Jumladan, olis hudud qizlari uchun mentorlik loyihasini ishlab chiqdim.
Ba’zilar “Billuraning “tanka”si kuchli bo‘lsa kerak”, deb o‘ylaydi. Hatto yuzimga aytganlar ham bo‘lgan. Otam novvoy, onam o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Ular dunyo yig‘madi, mening o‘qishim uchun, bugungi ibora bilan aytganda, investitsiya kiritdi. Oila qurganimdan so‘ng, turmush o‘rtog‘imning qo‘llab-quvvatlashi tufayli yangi marralarni zabt eta boshladim.
Xorijda o‘qishim uchun menga mana shu el-yurt “tankalik” qildi. Men Vatan va xalq oldidagi qarzimni uzishga harakat qildim shu choqqacha. Shunga qaramay, tarixiy muloqot yakunida muhtaram Prezidentimiz tomonidan kamtarona mehnatlarim yuksak e’tirof etilib, menga elektromobil sovg‘a qilindi. Endi uzog‘im yaqin bo‘ladi. Tejalgan vaqtimni o‘z ustimda ishlashga, berilgan va’dalar ustidan chiqishga, o‘quvchilarim bilan ko‘proq ishlashga sarflashni niyat qilib qo‘ydim.
Bayram shukuhi kezib yurgan shu kunlarda respublikamizdagi barcha hamkasblarimni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Zarnigor IBROHIMOVA yozib oldi.
“Jadid” gazetasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 38-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
111
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



