Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.10.2025 | 14:40

img2292

EZGULIK MAYOGʻI

Filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimning “Abay ma’rifati” risolasi nashrdan chiqdi. Kitob qozoq xalqining buyuk adibi, umumturkiy adabiyotning yuksak cho‘qqilaridan biri Abay Qo‘nonboyev tavalludining 180 yilligiga bag‘ishlanadi.

Bu risola yubileyga munosabat bildirib qo‘yish uchungina yozilmagan. Uning javharida Abayning “Kitobi tasdiq” tarjimasi va sharhini yetkazishdek ilmiy maqsad mujassam.

Abay ijodi qiyomiga yetgan XIX asrning so‘nggi choragida qozoq xalqining ijtimoiy-ma’naviy hayoti mustamlakachilik oqibatida og‘ir ahvolga tushib qolgandi. Tashqi kuchlarning bosimi yetmaganday, ichki nizolar ham millat taraqqiyotiga tushov bo‘lib yotardi. Bu holatni boshqalardan avval qozoq xalq og‘zaki ijodiyoti va tarixi, Sharq she’riyati va Ovro‘po adabiyoti namunalaridan bahramand bo‘lgan Abay teran anglab yetdi. Angladi-yu, razil illatlarga qarshi ustozlari Navoiy, Fuzuliy, Sa’diy, Firdavsiy, Xo‘ja Hofiz singari so‘z qudrati bilan kurashga kirdi.

Bugungi kundan turib qaraganda, shoir ijodi sodda bo‘lib ko‘rinadi. Ammo Abay oldida butun badiiy quvvatini yozganlarida aks ettirish emas, millatiga murabbiylik qilish vazifasi turgandi. Muallim yo‘li esa barchaga ayon: o‘zi bilgan murakkab bilimlarni o‘quvchi anglar darajada yetkazib berish. Chunki unga aqlini ko‘rsatishdan ko‘ra tinglovchisining tafakkurini o‘stirish muhim.

Asardagi diniy-ma’rifiy, ma’naviy ruh, undagi sof e’tiqod, milliy qadriyat va hurfikrlikka asoslangan o‘gitlar odamlarni tafakkurga chorlar, o‘zligini, o‘z tarixini tanishga undardi. Bu bevosita hurriyat yo‘liga olib boradigan ko‘rsatkich vazifasini bajarardi.

Unda bugun – Qozog‘iston milliy mustaqilligiga erishgan kunlarda bu asarning dolzarbligi qolganmi? Albatta, ha. O‘z vaqtida ruhiy tarbiya qo‘llanmasi bo‘lgan asar bugun eslatma, pandnoma shaklida “Kalila va Dimna”, “Qobusnoma”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi kitoblar safidan mustahkam o‘rnini topadi.

Aytish kerakki, “Abay ma’rifati”ning lotin va kirill yozuvida chop etilgani yosh avlod vakillari uchun ham ayni muddao bo‘lgani bilan qadrlidir. Ajab emas, ushbu kitobni tez kunda “Mutolaa” ilovasida ko‘rib qolsak.

Otabek BAKIROV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 26-sentyabrdagi 39-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333