Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.10.2025 | 17:12

img1771

OQIBATLI ITTIFOQ

Turkiy dunyo oilasining ikki muhim a’zosi – O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga joriy yil 2-oktyabr kuni 30 yil to‘ldi. Bu davr ichida tomonlar o‘rtasida ko‘plab muhim hujjatlar imzolandi, tarixiy davlat tashriflari amalga oshdi, oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarida salmoqli ishlar amalga oshirildi. O‘zaro munosabatlar, ayniqsa, so‘nggi sakkiz yil ichida shu darajada faollashdiki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuqori darajada bo‘lmagan”.

Mamlakatlarimiz 30 yil davomida xalqaro maydonda, mintaqaviy masalalarda doim bir-biriga hammaslak bo‘lib keldi. O‘zbekiston, ayniqsa, Tog‘li Qorabog‘ masalasida uni Ozarbayjonning ajralmas bo‘lagi, degan qat’iy pozitsiyada mojaro yechim topgunga qadar sobit qoldi. Ayni paytda esa, mamlakatimiz do‘st va qardosh Ozarbayjonga bo‘lgan hurmati ifodasi sifatida notinchliklardan aziyat chekkan jafokash Qorabog‘ni tiklash ishlarida ham beminnat yordam qo‘lini cho‘zmoqda.

MUSHTARAK ILDIZLAR

O‘zbekiston va Ozarbayjon bir-birining mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan edi. Oxirgi besh yil ichida esa ushbu munosabatlar ittifoqchilik darajasiga chiqib, sifat jihatidan yangi bosqichga qadam qo‘ydi. 2024-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikki qardosh mamlakat o‘rtasida tobora faollashib borayotgan hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘ldi.

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘shanda mazkur tarixiy natijaga yuksak baho berar ekan: “Ozarbayjon bizning muhim strategik hamkorimiz va ittifoqchimizdir. Bizni mushtarak tarixiy ildizlarimiz va ko‘p asrlik do‘stligimiz, yagona din, o‘xshash madaniyat va an’analar bog‘lab turadi. Bularning barchasi har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”, deya ta’kidlagan edi.

Tahlilchilar O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari mintaqa siyosatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashadi. Vashingtondagi “Caspian Policy Center” aql markazi tahlilchisi Samanta Fangerning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mintaqada “postsovet cheklovlari”dan sezilarli uzoqlashish jarayoni kuzatilmoqda. Xususan, turkiy davlatlarning umumiy munosabatlari, bir-biri bilan ikki tomonlama aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Fangerning fikricha, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yaqin kelajakda izchil rivojlanishda davom etadi. Chunki tobora ko‘proq uchrashuvlar, ikki tomonlama infratuzilma loyihalari va rivojlanish dasturlari o‘zaro munosabatlarni yangi darajaga olib chiqmoqda. Ikki qardosh mamlakat xalqaro tashkilotlar doirasida ham faol hamkorlik qiladi.

O‘SISH TASODIFIY EMAS

Raqamlar ikki qardosh davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yildan yilga rivojlanib borayotganini tasdiqlaydi. So‘nggi 8 yil ichida ikki tomonlama savdo 7,8 baravarga o‘sdi va 2024-yilda 268,2 million dollarga yetdi. O‘zbekistonning Ozarbayjonga eksporti 7,5 baravarga o‘sib, 210,7 million dollarni tashkil qildi. Import ko‘rsatkichlari esa 9 baravarga oshib, 57,4 million dollarga yetdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjonning 240 dan ortiq kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Ozarbayjonda esa 70 dan ziyod o‘zbek kompaniyasi ish boshladi.

2025-yilning dastlabki oylarida o‘zaro savdo aylanmasi yanada oshgani kuzatildi: yarim yilda savdo hajmi deyarli uch baravarga ko‘tarilib, qariyb 236 million dollarga yetdi. Bu o‘sish tasodifiy emas. Ikki tomon bugun sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, shuningdek, yashil energiya sohalarida yirik rejalarni birgalikda amalga oshirmoqda.

Iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishi haqida so‘z borar ekan, ikki mamlakat kelishuvi asosida tashkil etilgan Ozarbayjon – O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIC)ni ham eslab o‘tish o‘rinli. AUIC 2023-yilda hukumatlarning qo‘shma tashabbusiga ko‘ra, 500 million dollar ustav kapitali bilan tashkil etilgan. U ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi yo‘nalishlarni kashf etmoqda. AUICning asosiy maqsadi – har ikkala respublika iqtisodiyotining rivojlanishi va gullab-yashnashiga qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali ko‘maklashishdan iborat. Shuningdek, u turli faoliyat va sohalardagi kompaniyalarni bevosita qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

O‘zbekiston va Ozarbayjon, ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi turkiy dunyoning muhim iqtisodiy dvigatellari sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Ikki davlat ham hududiy jihatdan muhim strategik savdo koridorlari bo‘ylab joylashgan va dunyoning turli mintaqalarini bog‘lashni tashqi siyosatining asosiy kun tartibiga qo‘ygan. Ozarbayjonning logistika infratuzilmalari, jumladan, Boku xalqaro dengiz savdo porti, Boku–Tbilisi–Kars temir yo‘li, Trans-Kaspiy xalqaro transport yo‘nalishi O‘zbekistonning dunyo bozorlariga chiqish harakatlarida muhim o‘ringa ega loyihalar hisoblanadi.

QADIM TARIXGA EGA DO‘STLIK

O‘zaro madaniy aloqalarning o‘tmishi o‘ttiz yillik dovondan ancha olis davrlarga borib taqaladi. Ozarbayjonlik taniqli jurnalist, siyosiy sharhlovchi Elnur Enverog‘lu ham buni ta’kidlaydi: “Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalar uzoq o‘tmishga ega. Rasmiy diplomatik aloqalar 1995-yilda o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ikki xalq o‘rtasidagi birodarlik rishtalari zamonaviy davlatchilikdan oldin ham bo‘lgan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ustozi Nizomiy Ganjaviydan ilhomlanishidan to XV asrda Bokuning eski shahrida bunyod etilgan Buxoro karvonsaroyigacha – o‘zaro madaniy ehtirom uzoq o‘tmishdan buyon davom etib kelayotganiga dalildir. Samarqandda dafn etilgan ozarbayjonlik faylasuf Yusuf ibn Muhammadjon Qorabog‘iyning maqbarasi ham ikki xalq o‘rtasida ko‘p asrlik ilmiy almashinuvlar bo‘lganini ko‘rsatadi”.

MINTAQALAR RIVOJI UCHUN HAM MUHIM

Sirasini aytganda, O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari mintaqaviy kuchlar ko‘proq mustaqillikka, qudrat markazlariga muvozanatli yondashuvga intilib, milliy o‘ziga xoslikka ko‘proq urg‘u berish yo‘nalishida rivojlanayotgan Yevroosiyo geosiyosiy arxitekturasini o‘zida namoyon qilmoqda. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tobora kuchayib borayotgan hamkorlik, o‘z navbatida, ikki mamlakatning ham xalqaro maydondagi mavqeyini mustahkamlashga va Trans-Kaspiy koridorini Yevroosiyo siyosatining strategik ustuvor yo‘nalishiga aylantirishga xizmat qiladi.

Ozarbayjonga borgan o‘zbekistonlik o‘zini uyida yurgandek his etishi, ozarbayjonlik esa O‘zbekistonda “qardoshim” deya izzat-ikrom qilinishi bejiz emas. Bu asrlar davomida shakllanib kelgan buzilmas do‘stlik va ikki birodar davlat rahbarlarining uzoqni ko‘zlagan siyosati natijasida yangi ufqlarga chiqqan hamkorlik aloqalari mevasidir. Kavkaz va Markaziy Osiyoning bayroqdorlari bo‘lmish ikki qardosh davlat o‘rtasidagi hamkorlik ikki mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Avazbek SHERMATOV,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 41-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img81

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324