Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.11.2025 | 15:52

img776

YOZIQLAR YOZUVI

Otabek MAXSUDJONOV

So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z tarixining murakkab va fojiali sahifalarini qayta anglash, mustabid tuzum davrida nohaq jabr ko‘rgan millionlab vatandoshlar xotirasini tiklash yo‘lida muhim qadamlar tashlamoqda. Ushbu keng ko‘lamli jarayonning yorqin namunasi sifatida Namangan viloyati hududida yashab, turli davr qatag‘onlari iskanjasiga tushgan yurtdoshlarga bag‘ishlab “Xotira kitobi” chop etildi.
Ushbu asar o‘tmishimizga muno­sabat, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani shakllantirish yo‘lida­gi davlat siyosati mazmun-mohiyati­ni yoritib beruvchi fundamental nashrdir.
Kitobning yaratilishi Prezi­den­timizning “Qatag‘on qurbon­larining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbir­lar to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan bevosita bog‘liq. Unga ko‘ra, shahid bo‘lgan yurtdoshlari­miz xotirasini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida ko‘p jildlik “Qatag‘on qurbonlari” Xotira kitobini nashrga tayyorlash vazifasi belgilangandi.
Kitobning bosh maqsadi, shundan kelib chiqib, Rossiya imperiyasi­ning mustamlakachiligi hamda sovet tuzumi yillarida jabr-u zulm chek­kan, qatag‘onga uchragan fidoyi yurtdoshlarimiz nomini tiklash, ular xotirasini abadiylashtirishdan iborat.
Kitob nashrga bir qator muassasalar – Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Namangan davlat universiteti, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ham­korligida tayyorlandi.
Kitob tarixiy voqelikni qayta tahlil qilish orqali xalqimiz o‘tmishi­ga yangicha nazar tashlashga undaydi. Uning xronologik doirasi 1860-yillardan 1991-yilgacha bo‘l­gan davrni qamrab oladi. Shu asno 130 yildan ortiq davom etgan ozodlik kurashlari tarixi yaxlit jarayon sifatida ko‘rsatiladi.
“Xotira kitobi”ning tuzilishi Na­man­gan viloyatidagi qatag‘onlar tarixini anglash uchun puxta ishlangan intellektual asos vazifasini bajaradi. Mualliflar oddiy xronologik ro‘yxat bilan cheklanib qolmasdan, qattol siyosatning har bir bosqichini alohida tahlil etish imkonini beradigan davriy yondashuvga tayanadi. Kirish qismida keltirilgan umumiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1865–1990-yillarda Naman­gan viloyatidan jami 2039 nafar vatandoshimiz mustabid tuzumning asossiz ayblovlari bilan jazolangan.
Ushbu raqam ortidagi fojia ko‘lami va tabiatini ochib berish uchun kitob 6 ta mantiqiy-tadrijiy bo‘limga ajratilib, ular qatag‘onning turli bosqichlari, maqsadlari, nishonlari va uslublaridagi o‘zgarishlarni yaqqol ko‘rsatib beradi.
Shu tariqa, kitobning tuzilishi shaxslar ro‘yxatini mustamlaka tizimining jinoyatlari haqidagi tarixiy ayblov xulosasiga aylantiradi. Har bir qurbon haqidagi ma’lumotlar standart formatda – to‘liq ism-sharifi, tug‘ilgan yili, yashash joyi, ayblovi va hukmi tarzida berilgan bo‘lib, bu kelajakdagi tadqiqotlar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kitobning davriy tuzilishi faqat xronologik tartibni anglatib qolmay, chuqur mafkuraviy mazmunga ega. Mualliflar o‘n yilliklar bo‘yicha oddiy taqsimlash yo‘lidan bormay, sovet tuzumining “Quloqlashtirish”, “Katta qirg‘in”, “Paxta ishi” kabi aniq siyosiy kampaniyalariga urg‘u beradi. Bu yondashuv qatag‘onlar tasodif yoki tartibsiz jarayon emas, aksincha, o‘zbek xalqining muayyan ijtimoiy qatlamlariga qarshi ongli va maqsadli uyushtirilgan hujumlar ekanini anglatadi.
Kitobning o‘ziga xos tuzilishi undagi shaxslar, qatag‘on qurbonlari ro‘yxatini oddiy ma’lumotlar to‘p­lami darajasidan istibdod tizimi jinoyatlarini fosh etuvchi tarixiy hujjat darajasiga ko‘taradi.

«Jadid» gazetasining 2025-yil 21-noyabrdagi 47-soni


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600